Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Turkiya Rossiya bilan munosabatlarni keskinlashtirmoqchi emasligini aytdi
Turkiya prezidenti mamlakat harbiylari Idlibdagi kuzatuv punktlarini tark etmasligini ham ma'lum qildi.
Turkiya Suriyaning Idlibidagi vaziyat sababli Rossiya bilan munosabatlarni keskinlashtirmoqchi emas, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.
"Bu bosqichda bizga Rossiya bilan nizo yoki jiddiy qarama-qarshilikka kirishishning keragi yo‘q. Ular bilan "Turk oqimi" va "Akkuyu" AESi kabi strategik loyihalarimiz mavjud. S-400 tizimidan voz kechishimiz haqida hech qanday gap yo‘q. G‘azab bilan o‘rnidan turgan o‘ziga zarar qilgan holda o‘tirib qoladi", — deya Erdo‘g‘andan iqtibos keltirmoqda Sabah gazetasi.
Erdo‘g‘an bugun rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qilishi mumkinligini aytdi. O‘z navbatida, Kreml vakili Dmitriy Peskov ikki prezident telefon orqali muloqot qilishi mumkinligini aytdi.
Turkiya prezidenti mamlakat harbiylari Idlibdagi kuzatuv punktlarini tark etmasligini ham ma'lum qildi.
"Biz yangi urush va qochoqlarning yangi oqimi boshlanishiga yo‘l qo‘ymaymiz va bu haqda Rossiya tomonini xabardor qildik", — dedi u.
Mavzuga oid
10:35
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50
Sumidagi hujumda besh yoshli qizaloq va onasi halok bo‘ldi
21:48 / 03.07.2026
Ukraina Rossiyani tinchlikka majburlash operatsiyasini boshladi - NYT
21:11 / 03.07.2026