Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon banki Toshkentning barqaror rivojlanishi strategiyasini ishlab chiqishda ko‘mak beradi
24 fevraldan Jahon banki granti asosida Toshkentning barqaror rivojlanishini o‘rganishga qaratilgan loyiha ishga tushiriladi
Joriy yilning 3 fevral kuni Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Davron Hidoyatov Jahon bankining Rozanna Nitti boshchiligidagi shaharlashtirish bo‘yicha ekspertlar guruhi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda ma'lum qilinishicha, 24 fevraldan Jahon banki granti asosida Toshkentning barqaror rivojlanishini o‘rganishga qaratilgan loyiha ishga tushiriladi. Mutaxassislar bir yil davomida shahardagi o‘zgarish va yangilanishlar, imkoniyat va sharoitlarni o‘rganib, tahlil qilib, poytaxtni barqaror rivojlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar borasida o‘z xulosalarini tayyorlashadi va shu asosda harakatlar strategiyasi ishlab chiqiladi.
Mazkur loyiha o‘z ichiga nafaqat konsalting, balki shaharning turli tuzilmalarida faoliyat yurituvchi xodimlar uchun ko‘p sonli seminarlarni o‘tkazishni ham nazarda tutadi. Barcha ishlar shahar boshqarmalari va manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda olib borilishi rejalashtirilgan. Shu maqsadda maxsus ishchi guruh tashkil etilmoqda. Ular ishtirokida toshkentlik mutaxassislarni o‘qitish, shahar infratuzilmasi va boshqaruvining tashkiliy tuzilmasini o‘rganish, megapolisni rivojlantirishning institutsional va ijtimoiy masalalarini ko‘rib chiqish kabi ishlar tashkil etiladi. Ishning natijasida Jahon bankiga barqaror rivojlanish uchun muhim sohalarni qo‘llab-quvvatlash uchun kredit ajratishga doir tavsiyalar beriladi.
Hokimlik vakillari, o‘z navbatida, shaharning o‘sishi va undagi keng ko‘lamli o‘zgarishlarni inobatga olgan holda investorlarni jalb qilish hamda investitsiya va kreditlarni jalb qilish uchun eng aniq yo‘nalishlarni belgilab berilishiga umid bildirdilar. Hokim o‘rinbosari Davron Hidoyatov ijtimoiy sohani o‘rganish va rivojlantirishga alohida e'tibor qaratish taklifini bildirdi. Rozanna Nitti ushbu taklifni ma'qullab, o‘rganilayotgan muammolar doirasida aynan ijtimoiy soha chuqur tahlil qilinishini ta'kidladi.
Mavzuga oid
16:28
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026