Avvalo, Navoiy viloyatining Xatirçi tumanida joylaşgan bu qişloq ahlining taşabbuskorligi, mehnatkaşligiga töxtalib ötmoqçimiz. Şu kunga qadar Navandak ahli biror masalada yordam sörab heç qayerga murojaat qilmagan: yöl kerak bölsa — özi ta'mirlagan, köprik kerak bölsa — özi qurgan; bolalar boğçasi va qişloq vraçlik punktini ham qişloq ahlining özi haşar bilan qurib bitkazgan.

Ammo vaqt ötib bularning bari yana talabga javob bermay qöydi. Mavjud muammolarni haşar yöli bilan ham eplab bölmay qoldi. Qişloq ahli ayniqsa köprik masalasida hokimiyatdan yordam söraşga majbur bölmoqda.

Navandakka yoğingarçilik kunlari mana bu «köprik» orqali kirib borasiz:

Sababi — qişloqni taşqi dunyo bilan boğlab turuvçi asosiy eski köprik qaçonlardir buzilib ketgan. Suv köpaysa undan ötiş imkonsiz bölib qoladi.

Agar soyda suv bor vaqtda kimningdir tobi qoçib qolsa, ikkita maşina taşkil etilar ekan. Birinçisi — şu soygaça, odamlar bemorni kötarib amallab suvdan olib ötgaç, narigi tomondan kelgan ikkinçi maşina bemorni şifoxonaga olib boradi.

Aholini eng köp qiynayotgan hol — bolalarning maktabga qatnaşi.

«Maktabga öquvçilarimiz şu köprikdan ötib qaytadi. Ular darsga yetib kelguniça ham, ketguniça ham yurak hovuçlab ötiramiz. Eski metallni köprik sifatida örnatişgani uçun ustidan odam yurganda har doim qimirlab turadi. Bolalar tuşib ketmasin deb qörqamiz. Ötgan yili yoşi katta odam toyib ketib oyoği singandi», deydi şu qişloqda yaşovçi öqituvçi Mahbuba Umrqulova.

Navandak ahli bundan ön yillar oldin haşar yöli bilan bolalar boğçasi uçun bino qurgan (Qişloqda 350 nafarga yaqin maktabgaça yoşdagi bolalar bor). Ammo rasman boğça oçilmagaç, qöşni qişloqda joylaşgan QVPning filiali taşkil etilgan. Şu kungaça mazkur filial aholiga xizmat körsatib kelmoqda.