Navoiy viloyatining Xatirçi tumanida yaşovçi yigit Rossiya armiyasiga yollanib, Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşgani uçun jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hukmi bilan tanişdi.
Sud hujjatida keltirilişiça, 2000 yilda tuğilgan J.K. 2023 yil 1 oktyabr kuni işlab pul topiş maqsadida Rossiyaning Yekaterinburg şahriga borgan. Biroq iş izlab yurganida politsiya tomonidan uşlanib, yonidan narkotik modda çiqqani aybi bilan qamoqqa olingan.
J.K. 2024 yil dekabr oyida Rossiya armiyasiga yollangan. 2025 yil aprel oyida u Donetsk şahridagi qurolli töqnaşuvda snaryad portlaşi oqibatida jarohatlangan.
Yigit sudda aybiga iqrorlik bildirgan va uruşga majburlab olib borilganini aytgan.
“2023 yil oktyabrda samarqandlik Şoxruh ismli tanişim bilan işlaş maqsadida Rossiyaning Yekaterinburg şahriga bordik. U yerda iş izlab yurgan vaqtimizda politsiya xodimlari kelib, hujjatlarimizni söradi. Keyin bizni Tyumen şahridagi xizmat xonasiga olib borişdi. Politsiya xodimlari qölimga paket tutqazib, suratga olişdi.
Şoxruhni öşa kundan keyin boşqa körmadim. Menga soxta hujjatlar bilan göyoki yonimdan narkotik moddasi çiqqanini körsatib, qamoqqa olişdi. Rus tilini bilmayman. Şu sababli men bilan tarjimon orqali gaplaşişdi. Politsiya xodimlari taqdim etgan hujjatlarga imzo qöymadim. Ruhiy va jismoniy tazyiqlar köp böldi. Tarjimon tergovçi tomonidan berilgan şartnomaga imzo qöyişimni söradi va şartnomaga köra Rossiya-Ukraina örtasida bölayotgan uruşda qatnaşişim kerakligini aytdi. Unga rad javobini berdim.
8 oy qamoqda yotdim. Keyin sudga olib borildim. Sud tomonidan menga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Tyumen şahridagi jazoni ötaş koloniyasiga jönatildim”, degan yigit suddagi körsatmasida.
J.K. jazoni ijro etiş koloniyasida ham jismoniy tazyiqlar ötkazilganini, uruşga boriş uçun şartnoma imzolaşga majburlaşganini ma’lum qilgan.
“Oldimga tarjimon sifatida özbekistonlik Abbos ismli mahkum kirib, şartnomaga imzo qöyişimni aytdi. Rad javobini berganimdan keyin meni intizomiy bölimga kiritib qöyişdi. 2024 yil dekabr oyida oldimga yana Abbos kelib, şartnomani imzolaşimni söradi, noiloj rozi böldim.
2025 yil yanvar oyida turli bahona bilan intizomiy bölinmaga qamab qöyişdi, 1 aprelga qadar öşa yerda böldim. 2025 yil 1 aprel kuni qölimga kişan solingan holda boşimga qop kiydirib, Tyumen harbiy bölinmasiga olib borişdi. U yerda mendan taşqari yana 10-15 kişi bor edi. Ertasi kuni tuşdan keyin Yekaterinburg şahriga olib borişdi, aeroport yoniga tuşdik. Bizni harbiylar qöriqlardi.

















