Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda "dom"larga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya 1,6 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalandi
Ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya 1,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani fosh etildi.
Foto: O‘zenergoinspeksiya
O‘zenergoinspeksiya Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Unda, Shayxontohur tumanida «O.O.T.» MChJ boshqaruv servis kompaniyasiga qarashli ko‘p qavatli uylarning elektr qurilmalari elektr hisoblagichdan tashqari ulangan holda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasiga 1 milliard 663 million so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:40 / 29.11.2025
Energetika sohasida yuqori lavozimlarga yangi tayinlovlar amalga oshirildi
12:03 / 23.10.2025
Gaz tarmoqlariga «gaz nasosi» o‘rnatish taqiqlanadi: xatarlar haqida ogohlantirish berildi
11:05 / 04.09.2025
Toshkent viloyatida 3 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
12:28 / 27.08.2025