Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yangi tajriba stansiyasi tashkil etiladi
Moyli va tolali ekinlarni yetishtirishni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinadi
Prezidentning “Moyli va tolali ekinlarni yetishtirishni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Innovatsion rivojlantirish vazirligi, Qishloq xo‘jalik vazirligi vazirligi va “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasining Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta'minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi qoshidagi Moyli va tolali ekinlar ilmiy tajriba stansiyasini tashkil etish bo‘yicha taklifiga rozilik berilishi mumkin.
Quyidagilar Stansiyaning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
respublikaning turli tuproq-iqlim sharoitlariga mos, yuqori hosilli, zararkunandalarga va suvsizlikka chidamli, tolali ekinlar (texnik kanop, zig‘ir) hamda moydorlik sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha ajralib turuvchi moyli ekinlar navlari va duragaylarini yaratish bo‘yicha tadqiqotlarni kengaytirish va ularning birlamchi urug‘chiligini tashkil etish;
moyli va tolali ekinlarni yetishtirishda zamonaviy resurstejamkor va suv tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqish hamda asosiy agrotexnik tadbirlarni innovatsion texnologiyalar asosida mexanizatsiyalashni joriy etish;
sohaning yetakchi xorijiy ilmiy muassasalari bilan qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish maqsadida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, moyli va tolali ekinlarni rivojlantirish muammolariga bag‘ishlangan loyiha va investitsiyalarni jalb qilish, tajriba almashish, konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlar o‘tkazish;
intensiv ravishda moyli va tolali ekinlarni yetishtirish agrotexnologiyalari bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish.
Quyidagilar Stansiyani moliyalashtirish manbalari etib belgilanadi:
Davlat budjeti mablag‘lari;
Davlat budjetidan davlat ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘lar;
xo‘jalik faoliyatidan tushadigan mablag‘lar;
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag‘lari;
xalqaro grantlar va texnik ko‘mak mablag‘lari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Qishloq xo‘jaligi vazirligiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi va viloyat hokimlari bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar tomonidan moyli va tolali o‘simliklar urug‘larini yetishtirishni tashkil etish choralarini ko‘rish, ularning hisobini yuritish va ularga har tomonlama ko‘maklashish uchun shaxsiy javobgarlik yuklanadi.
Fanlar akademiyasining Mikrobiologiya instituti, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta'minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi bilan hamkorlikda mahalliy tuproq-iqlim sharoitida soya urug‘lariga ishlov beradigan biopreparatlar ishlab chiqarishni tashkil etadi.
Qishloq xo‘jalik vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda:
Stansiyani Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq tumani, Saxovat ko‘chasi 51-uyga joylashtirishni;
O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti balansida bo‘lgan Yuqorichirchiq tumanidagi 86 gektar sug‘oriladigan yer maydonini, doimiy foydalanish huquqi asosida stansiyaga ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun ajratilishini ta'minlaydi.
Mavzuga oid
09:06 / 03.06.2026
O‘zbekiston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi urug‘liklarini beg‘araz yetkazib berdi
20:28 / 14.05.2026
Intensiv bog‘dorchilikka o‘tish: prezident eski bog‘larni yangilashni buyurdi
20:32 / 12.05.2026
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasida yagona markazlashgan tizim yaratiladi
19:05 / 12.05.2026