Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda yangi elektr energiya hisoblagichlari tizimga ulanmoqda – qarzdorlar avtomatik tarzda uziladi
Xorazm viloyatining barcha shahar va tumanlarida yangi elektr energiya hisoblagichlarini tizimga ulash ishlari boshlandi, deb xabar beradi «Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ matbuot xizmati.
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 13 noyabrdagi PQ-3384 sonli qaroriga asosan Xorazm viloyatining barcha shahar va tumanlarida elektr eneriyasini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimiga mos yangi hisoblagichlar o‘rnatilgan edi. 2020 yil 7 fevral kunidan boshlab bu hisoblagichlarni tizimga ulash ishlari boshlandi.
Qayd qilish joizki, tizimga ulangan har bir hisoblagich inson omili aralashuvisiz, avtomatik tarzda, maxsus dastur orqali nazorat qilinadi. Agar iste'molchida elektr energiyasi bo‘yicha qarzdorlik yuzaga kelsa yoki oldindan to‘lov mavjud bo‘lmasa, u elektr energiyasi tarmog‘idan avtomatik tarzda ajratiladi. Mos ravishda, elektr energiyasidan qarzdorlik bartaraf qilinsa va oldindan to‘lov shakllantirilsa, avtomatik tarzda tarmoqqa ulanadi.
«Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ iste'molchilardan elektr energiyasi ta'minotidan uzilib qolmaslik uchun oldindan to‘lovni amalga oshirib borishni so‘raydi.
Mavzuga oid
08:34 / 19.06.2026
1400 dollar olgan hokim yordamchisi ushlandi
09:15 / 18.06.2026
Elektr tarmoqlariga ulab berish evaziga pul olgan mas’ullar ushlandi
13:14 / 14.06.2026
O‘zbekistonning g‘arbiy hududlaridagi «chigirtkalar bosqini» yuzasidan izoh berildi
17:36 / 26.05.2026