Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning g‘arbiy hududlaridagi «chigirtkalar bosqini» yuzasidan izoh berildi
Tarmoqlarda Buxoro viloyatidagi va boshqa yo‘llarda chigirtkalar to‘dasi paydo bo‘lgani haqida video va xabarlar tarqaldi. FVV bu har yili kuzatiladigan mavsumiy ko‘chish ekani, lokal tusga egaligini hamda qishloq xo‘jaligiga zarar yetmaganini ma’lum qildi.
Bu yil ham so‘nggi yillarda bo‘lgani kabi O‘zbekistonning g‘arbiy hududlarida chigirtkalar bosqini kuzatilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda A-380 yo‘lining Buxorodan o‘tgan qismida olingan videolar tarqaldi, bu videolarda avtomobillar tashqi qismini va binolar devorlari chigirtkalar bilan qoplanganini ko‘rish mumkin.
O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi bu videolarga munosabat bildirib, mazkur holat chigirtkalarning har yili kuzatiladigan mavsumiy ko‘chishi bilan bog‘liq vaziyat bo‘lib, lokal tusga egaligi, hududlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga zarar yetmaganini ma’lum qildi.
Xabarda bu hududlardagi chigirtkalar bilan bog‘liq vaziyat vazirlik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan to‘liq nazoratga olingani, «xavotirga o‘rin yo‘qligi» qayd etilgan.
Bu borada har yili Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda boshqa daxldor tashkilotlar hamkorligida hududlarda mavsum oldi va mavsum davrida kimyoviy ishlovlar olib borilishi eslatilgan.



Mart oyi oxirida Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida zararli chigirtkalar tuxumdan chiqa boshlagani xabar qilingandi. O‘shanda kurash ishlariga 700 ga yaqin mutaxassis jalb etilgan. 2026 yil 651,8 ming gektar yerda kimyoviy ishlov o‘tkazish rejalashtirilgan.
Zararli chigirtka tarqalgan hudud haqida xabar berish uchun 1288 yoki 71 202 10 00 raqamlariga murojaat qilish mumkin.
Mavzuga oid
14:06 / 11.06.2026
Qamchiq dovonida avtomobil jarlikka tushib ketdi
09:30 / 09.06.2026
Buxorodagi tergov hibsxonasi xodimlariga nisbatan tekshiruv harakatlari boshlandi
17:18 / 08.06.2026
Qashqadaryodagi portlashda 6 kishi halok bo‘lgan
15:27 / 08.06.2026