Boş prokuratura huzuridagi departamentning Çilonzor tumani bölimi hamda boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda Olmazor tuman TET elektromontyori Ş.Ş. fuqaro M.M.ga tegişli xonadon hududidagi novvoyxonani elektr tarmoqlariga ulab beriş va tegişli hujjatlarni rasmiylaştirişni va’da qilib, 5 300 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Şuningdek, departamentning Hazorasp tumani bölimi hamda boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qiliş yuzasidan ötkazilgan tezkor tadbirda tuman elektr ta’minoti korxonasi boş muhandisi R.S. ham qölga olingan.

Aniqlanişiça, u “B.A.” fermer xöjaligi rahbari Ğ.A.ning yer maydonidagi past kuçlanişli transformatorni yuqori kuçlanişli transformatorga almaştirib beriş evaziga 7 million söm olgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilgan bölib, hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.