«O‘zgidromet» haftalik ob-havo haqida ma'lumot berdi
10-12 fevral kunlari O‘zbekiston hududiga O‘rta Yer dengizi ustida shakllangan nam havo massalari kirishi kutilmoqda
Respublikada ob-havo bulutli, hududning katta qismida yomg‘ir yog‘adi, 10 fevralda respublikaning ayrim joylariga va 11-12 fevralda tog‘li tumanlarda ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 13 fevralda faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechasi va ertalab yog‘ingarchilik bo‘ladi.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, 10 va 12 fevralda respublikada yana shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Bugun harorat 8-13 daraja iliq, shimolda 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
11-13 fevral kunlari havo haroratining bir oz pasayishi kutilmoqda, kechasi harorat 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
14 fevralda O‘zbekiston bo‘yicha bir oz tanaffus bilan ob-havoning yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda. 15 fevralda Kavkaz hududidan kiradigan antitsiklon ta'siri natijasida mamlakatda yana yomg‘ir yog‘ishi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston bo‘yicha harorat foni ko‘rsatib o‘tilgan chegarada saqlanib turadi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin.
Mavzuga oid
10:27 / 13.11.2024
14 noyabr kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin
10:23 / 12.11.2024
13 noyabr kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi
15:45 / 11.11.2024
Hafta o‘rtalarida O‘zbekistonda kechasi havo harorati noldan pastga tushadi
12:21 / 11.11.2024