Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST Yevropa byurosi rahbari ilk rasmiy tashrifini O‘zbekistondan boshladi
Bugun, 11 fevral kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa byurosi direktori Xans Klyuge boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi va JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi bilan hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi va JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi bilan 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan 2 yillik hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.
Xans Klyuge byuro rahbari lavozimiga 2019 yilning sentabr oyida saylangan. 2020 yilning 1 fevralidan o‘z vazifasiga rasman kirishgan.
E'tiborli jihati uning ilk rasmiy xorijiy tashrifi O‘zbekistonga bo‘ldi. Sog‘liqni saqlash vazirligida bo‘lgan tadbirda janob Klyuge so‘zga chiqdi va JSST O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida olib borilayotgan islohotlardan mamnun ekanini bildirdi. Tadbir davomida Xans Klyugega Toshkent tibbiyot akademiyasi professori faxriy unvoni berildi.
Xans Klyuge sog‘liqni saqlash sohasida 24 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib keladi. U o‘z faoliyatini Belgiyada oilaviy shifokor sifatida boshlagan. So‘ngra Somali va Liberiyada «Chegara bilmas shifokorlar» bilan ishlagan. X.Klyuge Rossiyadagi jazoni ijro etish tizimida sil kasalligiga qarshi keng ko‘lamli dasturlarda faol ishtirok etgan. Doktor Klyuge JSSTning Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqaviy byurosida sil, OITS va bezgakka qarshi kurash dasturlarini ham nazorat qildi. So‘nggi o‘n yil davomida esa JSSTning Yevropa mintaqaviy idorasida ishlab, bu yerda sog‘liqni saqlash tizimidagi katta o‘zgarishlarda faol ishtirok etgan.
Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi o‘rtasida 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan ikki yillik hamkorlik shartnomasi imzolanishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, mehmon bir qator tibbiyot muassasalari va ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari faoliyati bilan ham tanishishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning may oyida Jyenevada bo‘lib o‘tgan Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 72-sessiyasida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov JSSTning Yevropa mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti etib saylangan edi.
Mavzuga oid
20:58 / 26.05.2026
Afrikadagilar Ebola bezgagi tarqalishini jilovlay olmayapti
22:16 / 25.05.2026
JSST Kongoda Ebola epidemiyasi nazoratdan chiqib ketgani haqida ogohlantirdi
18:24 / 22.05.2026
Ebola yangi shtammiga qarshi vaksina faqat olti-o‘n oydan keyin tayyor bo‘ladi – JSST
20:13 / 19.05.2026