Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda innovatsion avtodrom barpo etiladi
Yashnobod tumanidagi Ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limining ma'muriy binosi hamda innovatsion avtodoromining loyihasi ishlab chiqilgan va bu inshootlar 2020 yil davomida qurib bitkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Rafiqjon Jalilov ma'lum qildi.
«Ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limining yangidan qurilishi rejalashtirayotgan ma'muriy binosida fuqarolarimiz uchun barcha sharoitlar yaratiladi, bu yerga kelib-ketuvchilar uchun zarur bo‘lgan eng so‘nggi rusumdagi jihozlar bilan ta'minlanadi. Bino dizayn jihatidan ham, qulaylik bo‘yicha ham zamonaviy talablarga javob beradi. Kutish zallari ham, imtihon topshirish xonalari ham yangi qiyofaga ega bo‘ladi. Shu yil oxirigacha qurilishni yakunlaymiz», deya Rafiqjon Jalilovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Uning ta'kidlashicha, yangi ma'muriy bino bilan birgalikda innovatsion avtodrom ham barpo etilishi kutilmoqda. Yangi avtodrom har qanday ob-havo va yo‘l sharoitiga moslashtirilgan bo‘lishi, ya'ni yo‘laklarda sun'iy yaxmalak, bo‘lishi, yo‘l qoplamasa turlicha bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

«Innovatsion avtodrom hozirgilaridan imkoniyatlari ko‘pligi, haqiqiy yo‘l harakati jarayoniga maksimal darajada yaqinlashtirilgani bilan farqlanadi. Bu esa o‘z navbatida haydovchilik kurslarida tahsil olayotgan fuqarolarning malakasini mustahkamlashi, buning oqibatida yo‘llarda haydovchilarning tajribasizligi tufayli sodir bo‘ladigan yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga xizmat qiladi, deb o‘ylayman. Obektlarning loyihalari tayyor, allaqachon tasdiqlangan. Ayni paytda qurilishni boshlash arafasida turibmiz», deydi Rafiqjon Jalilov.


Tadbirda 2019 yilda bir yilgacha stajga ega bo‘lgan haydovchilar aybi bilan sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari 24,2 foizga, unda vafot etganlar 50 foizga, jarohat olganlar esa 24,2 foizga kamayishiga erishilgani ma'lum qilindi.


Mavzuga oid
13:59 / 23.04.2026
Jizzaxda mast holda yurgan YPX xodimi ishdan olindi
15:34 / 21.03.2026
Yo‘l qoidabuzarliklarini qayd etish tartibi o‘zgaradi
06:22 / 28.02.2026
Bosh prokuratura: YPX xodimini urib ketgan o‘smir mashina olib qochgan
14:55 / 01.01.2026