Yöl harakati xavfsizligi xizmati kuni keça “Özkomnazorat” inspeksiyasi tarqatgan xabarga raddiya berarkan, hujjatlarning raqamli şakllari tan olinişi haqidagi oid hukumat qarorining eski tahririga asoslangan.

Kun.uz'ning e’tibor qaratişiça, mazkur qarorga joriy yil 21 mayda özgartiriş kiritilib, pasport, ID-karta, haydovçilik guvohnomasi kabi qator hujjatlarning MyGov ilovasidagi raqamli şakli içki işlar organlari xodimlari tomonidan qabul qilinişi alohida belgilab qöyilgan.

Özgargan qoida

“Özkomnazorat” inspeksiyasi matbuot xizmati bir neça kun oldin e’lon qilgan videoda haydovçilar bundan buyon YPX xodimiga hujjatlarni elektron şaklda körsatişi yetarli bölişi aytilgan edi. IIV Yöl harakati xavfsizligi xizmati esa bunga raddiya berdi va haydovçi YPX xodimining talabiga binoan pasport yoki ID-kartaning asl nusxasini körsatişi şartligini bildirdi.

E’tiborlisi, YHXX raddiyasida hujjatlarning raqamli şaklini tan oliş haqidagi hukumat qarorining eski tahriridan skrinşot körsatilgan.

Uşbu qarorga Vazirlar Mahkamasining joriy yil 21 mayda imzolanib, 22 maydan kuçga kirgan qarori asosida özgartiriş kiritilgan bölib, unga asosan hujjatlarning MyGov va “Ijtimoiy himoya” ilovalaridagi raqamli şakli körsatilganda, ularning qoğoz nusxalari içki işlar xodimlari tomonidan talab etilmasligi kerak. Ya’ni amaldagi qoida aynan “içki işlar organlari xodimlari tomonidan” degan alohida aniqlaştiruvçi sözlar bilan töldirilgan.

Huquqiy kolliziya inson foydasiga işlaşi kerak

Bu örinda Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks va hukumat qarori örtasida huquqiy kolliziya yuzaga kelmoqda, çunki kodeksda haydovçi tegişli hujjatlarni öz yonida olib yurişi kerakligi haqidagi talab saqlanib qolyapti. Bu talabga rioya etmaganlik uçun BHMning 1 baravari miqdorida jarima belgilangan.

Albatta, kodeksning yuridik kuçi hukumat qaroridan ustun turişi tabiiy, lekin kodeksdan ham yuqoriroq turuvçi Konstitutsiya bor va uning 20-moddasiga binoan, qonunçilikdagi barça ziddiyatlar davlat organlari emas, inson foydasiga talqin etilişi kerak.

Boş qomusning 15-moddasida esa Özbekiston Konstitutsiyasi oliy yuridik kuçga ega ekani va töğridan töğri amal qilişi mustahkamlab qöyilgan.

IIV röyxuşlik bermayapti

Köplab hujjatlarning MyGov va “Ijtimoiy karta” ilovalaridagi raqamli şakllari qoğoz şakli bilan tenglaştirilganiga 1 yil böldi. Yöl harakati xavfsizligi xizmati bu tartib kuçga kirgan kun – 2025 yil 1 iyulda ham bayonot bilan çiqqan edi va öşandan beri bir xil gapni takrorlayapti: YPX xodimi tomonidan töxtatilgan haydovçi hujjatning aslini taqdim etişi şart.

Agar hujjatlarning raqamli şaklini joriy etiş haqidagi (yuqorida söz yuritilgan) qaror 2024 yilda qabul qilinganini inobatga olsak, IIV millionlab haydovçilar uçun qulaylik yaratiş masalasiga kamida 2024 yildan buyon röyxuşlik bermayotgani ma’lum böladi.

Agar tizim rahbariyati xohiş va taşabbus bildirganida, ötgan davr mobaynida Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga ham tegişli özgariş kiritgan holda, hozirgi davr uçun elementar bölgan mazkur qulaylikni amaliyotga joriy qiliş mumkin bölardi. Ammo na IIV rahbariyatidan va na parlament a’zolaridan bu masalada taşabbuslar közga taşlanmayapti.

Raqamlaştirişga mas’ul örinbosar tanqidga uçragan edi

Qayd etiş lozim, davlat rahbari joriy yil boşida ötkazgan yiğilişda içki işlar vazirining axborot texnologiyalariga mas’ul örinbosari Zufar Qurbonovni tanqid qilgan, u lavozimga tayinlaganiga ikki yildan oşgan bölsa-da, tizimni raqamlaştiriş böyiça sezilarli natija körsatmayotganini aytgandi.

Uşbu yiğilişda IIVdagi bir qator tuzilmalar, xususan yöl-patrul xizmatini ham aholiga xizmat körsatuvçi servis tuzilmalarga aylantiriş vazifasi qöyilgan edi.

Ukraina tajribasi

Xorij tajribasiga nazar taşlasak, biz nazarda tutayotgan qulaylik Ukrainada naq 5 yil oldin, 2021 yildayoq joriy etilgan.

Unga köra, haydovçilar smartfonida Diia mobil ilovasini örnatib olgan bölsa, asosiy hujjatlarning birortasini qoğoz yoki plastik şaklda öz yonida olib yurişi şart emas. YPX xodimi töxtatganda, haydovçi Diia ilovasidan hujjatning QR-kodini körsatadi, xodim esa özining xizmat planşeti orqali bu kodni skanerlab, barçasiga aniqlik kiritadi. Bunday tartib joriy yildan Estoniyada ham joriy etildi.

Darvoqe, 2022 yildan boşlab Ukrainada haydovçilik guvohnomasi olişda hujjatning plastik şaklini oliş ham mutlaqo ixtiyoriy deb belgilangan. Ya’ni agar haydovçi xohlasa, guvohnomaning jismoniy şakli umuman çop etilmasligi, hujjat faqat raqamli şakldagina mavjud bölişi mumkin.