Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bankomatlar orqali naqd pulni plastik kartaga o‘tkazish imkoniyati yaratiladi
“Yashirin iqtisodiyot”ning ulushini qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish rejalashtirilgan
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.
Qayd etilishicha, 2020 yil 20 martga qadar normativ-huquqiy hujjat loyihalari ishlab chiqiladi. Loyihalarda:
xorijiy mutaxassislar ishtirokida “yashirin iqtisodiyot”ning vujudga kelish omillarini tahlil qilish va unga qarshi kurashish dasturini tasdiqlash;
“raqamli markirovka va onlayn kassa” loyihasini o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini nazoratga olish;
internet-savdo (elektron tijorat) sohasidagi sub'yektlarni aniqlash tartibini takomillashtirish, qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash va to‘lashni hisobga olgan holda soliqqa tortish mexanizmini ishlab chiqish;
“yuk tashish monitoringi” yagona axborot platformasida tijorat transporti sohasini ro‘yxatdan o‘tkazish, hisobga olish va amalga oshirish monitoringi uchun zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish;
“E-ombor” tovarlarini hisobga olishning elektron tizimini ishlab chiqish va joriy etish, import qilinadigan tovarlar bo‘yicha elektron shaklda hisobotlarni tayyorlashni ta'minlash;
import qilingan oziq-ovqatlar, ma'danli va gazlangan suvlar, tarkibida alkogol bo‘lmagan boshqa ichimliklarni majburiy markirovka qilishni bosqichma-bosqich joriy etish;
soliq organlarida markirovka qilish majburiy bo‘lgan tovarlarni hisobga olishning elektron bazasini yaratish;
gastrol-konsert faoliyatida elektron bilet tizimini joriy etish;
yakka tartibdagi tadbirkorlar noqonuniy faoliyatini qisqartirish mexanizmlarini ishlab chiqish;
o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarning faoliyatini tartibga solishni yanada takomillashtirish, ularni soliqqa tortish, ish stajini hisobga olish va faoliyat yuritish tartibini soddalashtirish;
“yashirin iqtisodiyot” sub'yektlarini aniqlash mexanizmini takomillashtirish;
savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish sub'yektlari tomonidan ishlatilayotgan turli dasturiy mahsulotlarni Davlat soliq qo‘mitasining Ma'lumotlarni qayta ishlash markaziga integratsiya qilish;
bankomatlar orqali naqd pul mablag‘ini bank plastik kartalari yoki bank hisob raqamlariga o‘tkazish imkoniyatini yaratish;
mazkur karta va hisob-raqamlar egalariga amalga oshirilgan operatsiya qiymatining ma'lum miqdorida bonuslar taqdim etish tartibini joriy etish nazarda tutiladi.
Ijro uchun mas'ullar - Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Davlat bojxona qo‘mitasi, Hisob palatasi, Bosh prokuratura, Savdo-sanoat palatasi, Transport vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.
Mavzuga oid
09:51 / 13.05.2026
Soliq organlari plastik karta orqali tushumlarni o‘rganmoqda
18:31 / 06.04.2026
O‘zbekistonda P2P o‘tkazmalar monitoring qilinadi
19:03 / 24.03.2026
Naqdsiz tizimga o‘tishda kartani to‘ldirish komissiyasi bekor qilinishi kerak - iqtisodchi
17:35 / 18.03.2026