Qayd etilişiça, yaşirin iqtisodiyotni qisqartiriş va soliq organlari faoliyati samaradorligini oşiriş böyiça çoralar amalga oşirilmoqda.

Soliq organlari tomonidan savdo faoliyati bilan şuğullanuvçi ayrim xöjalik sub’yektlarida tölovlar P2P ötkazmalari orqali qabul qilinib, ba’zi holatlarda uşbu mablağlar soliq hisobotlarida aks ettirilmayotgani tahlil qilinmoqda.

Natijada davlat budjetiga tuşişi lozim bölgan ayrim soliq tuşumlari töliq şakllanmay qolayotgani qayd etilgan.

Şu munosabat bilan yuridik şaxslarda işlovçi rahbar xodimlarning bank kartalariga kelib tuşgan mablağlar böyiça tahliliy örganişlar olib borilmoqda.

Aniqlangan holatlar asosida soliq hisobotlarida körsatilmagan daromadlar böyiça tegişli çoralar körilib, soliq tölovçilarga xabarnomalar yuborilmoqda.

Soliq organlari ta’kidlaşiça, bu jarayon jazolaş yoki bosim ötkaziş emas, balki yaşirin aylanmalarni qisqartiriş, halol raqobat muhitini yaratiş va qonun doirasida işlayotgan tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan.

Şuningdek, tadbirkorlik sub’yektlari savdo tuşumlarini töliq rasmiylaştiriş va soliq hisobotlarida haqqoniy aks ettirişga çaqirilgan.