Markaziy bank kartadan kartaga pul ötkazmalari maqsadini körsatişni avval majburiy qilib, keyin ixtiyoriy degani bilan, qator savollar oçiq qolmoqda. Soliq xodimining videomurojaati esa xavotirlarni yanada kuçaytirdi. Kun.uz mavzu borasida bank-moliya mutaxassislari Otabek Bakirov va Ismoil Turopovga yuzlandi.
Özbekiston Markaziy bankining talabi bilan, bir qator banklar va tölov taşkilotlarining mobil ilovalarida P2P (kartadan kartaga) ötkazmalarni amalga oşirişda ötkazma maqsadini körsatiş majburiy qilib qöyildi.
Bunda pul ötkazuvçiga 16 ta toifadan birini tanlaş taklif qilinadi. “Tovar yoki savdo uçun tölov” röyxatda birinçi bölib keladi.
Jamoatçilik e’tirozlaridan keyin Markaziy bank maqsadlarni qöşiş ixtiyoriy ekanini ma’lum qildi. Biroq Nurafşon şahar soliq inspeksiyasi rahbarining murojaati xavotirlarni kuçaytirdi – bu işlar hukumat naqd pul muomalasini keskin qisqartirişga kirişgan bir paytda yuz berayotgani e’tiborga molik.
Bu mavzu Kun.uz studiyasida bank-moliya sohasi mutaxassislari Otabek Bakirov va Ismoil Turopov iştirokida muhokama qilindi.
P2P'ni nazorat qilişga navbatdagi uriniş
Otabek Bakirov:
— Bu 2018 yildan beri törtinçi uriniş. Birinçi harakatlar kartaga ötkazmalar soni 10 tadan oşganda yoki P2P ötkazmalar miqdori 30 mln sömdan oşganda axborot almaşinuvi bilan boğliq talab sifatida taklif etilgandi. Öşa payt jamoatçilikdan tortib Senatgaça jiddiy qarşiliklar bölgaç, bu taklif bekor qilindi va şu bilan unutilgandi.
2022-2023 yillarda yana şunday uriniş paydo böldi – P2P ötkazmalar böyiça elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylaştiriş vajlari bilan ilgari surildi. Öşa paytda ham Konstitutsiyani yangi tahrirda qabul qiliş fonida bu masala bank siriga oid ma’lumotlar bilan boğliqligi sababli muhokama qilindi va hatto eski tartibdagi Konstitutsiyamizga zid ekani aytilib, olib taşlangandi.
Şundan keyin bir muddat xotirjamlik böldi, mavzu kun tartibidan tuşdi. Ammo 2024 yilda yana yirik ötkazmalar bilan boğliq tranzaksiyalarda Markaziy bank va soliq organlari örtasida ma’lumot almaşiş masalasi köndalang qöyildi.
Fevral oyining oxirgi kunidan beri kun tartibidan tuşmayotgan yana bir masala paydo böldi – P2P ötkazmalarida maqsadni aniq körsatiş talabi. Asosiy muammo – kommunikatsiya töğri taşkil qilinmaganida. Markaziy bank öz rejalarini jamoatçilik va tijorat banklariga ham töğri va yetarliça keng yetkaza olmadi. Xatdagi talablarning majburiy xarakterda ekani va ular bajarilmaganda sanksiya qöllanişi mumkinligi haqidagi ogohlantirişlar e’tirozlarni yanada kuçaytirdi.
Mart oyi boşida bu haqda qöşimça bayonotlar berildi, talablar tavsiyaviy xarakterga ega ekani, banklar va tölov taşkilotlari Markaziy bank tavsiya qilgan maqsadlar röyxatiga özlari mustaqil özgartiriş kiritişlari mumkinligini tuşuntirildi. Ammo öşa kunlarda Nurafşon şahar soliq inspeksiyasi rahbarining P2P orqali tölov bölsa, soliq ma’murçiligi yuzaga kelişi mumkinligi haqidagi murojaati bu mavzuni yana qözğab yubordi. Göyoki hammasi iziga tuşgandek edi, ammo iste’molçilarda ham, bank-moliya sohasidagi mutaxassislarda ham şubha saqlanib qoldi.
Bir neça tölov taşkilotlari va tijorat banklari bu funksiyani allaqaçon joriy qilib ham ulgurdi. Maqsadlar soni heç kimda 16 tadan kam emas. Iste’molçi sifatida xavotirlarim bor.
“Soliqçining bayonoti xavotirni yanayam kuçaytirdi”
Ismoil Turopov:
— P2P (peer to peer) – bir odamning ikkinçi odamga pul berişining elektron körinişi. Raqamli xizmatlarning keskin rivojlanişi taxminan 5 yil oldin boşlandi. P2P tizimining maqsadi ham odamlar örtasida pulni naqd emas, elektron tarzda uzatiş edi. Texnik nuqtayi nazardan bu juda oson va qulay tizim. Nafaqat Özbekiston içkarisida, balki xorijdan pul oliş va xorijga pul ötkaziş uçun ham samarali mexanizmga aylandi.
Tan oliş kerak, oxirgi yillarda uning masştabi juda kengaydi. P2P ötkazmalar 2023-2024 yillarda dollar ekvivalentida 20 mlrd dollardan oşib ketgan. Özbekiston içida ham P2P ötkazmalar juda köp. Bu ijobiy jarayon. Viloyatdan poçta orqali yuboriladigan naqd pullar örnini ham P2P egalladi.
Masalan, ayrim holatlarda bu ötkazmalar tijoriy xarakterga ham ega bölib qolgan. Nazorat qiluvçi organlarning urinişlari ham aynan şu tijoriy qismini ajratib oliş va nazorat qilişga qaratilgan. Şaxsiy pul ötkazmalarini nazorat qiliş qonunan mumkin emas, lekin tijoriy operatsiyalarni aniqlaş va P2P soyadagi iqtisodiyotga asos bölyapti degan vajlar bilan turli urinişlar bölgan. Biroq ularning barçasi omadsiz yakunlangan.
Bank nuqtayi nazaridan qaralsa, mobil ilovaga yangi funksiya qöşiş qiyin iş emas. Bilişimça, xat çiqqanidan bir-ikki kun ötib, ilovalarda bu funksiya paydo bölib qoldi ham. Ammo mijoz nuqtayi nazaridan qaralsa, bu qöşimça ovoragarçilik. Yaqiningizga pul jönatmoqçisiz, endi bitta tugma bilan iş bitmaydi, nimadir tanlab jönatişingiz kerak böladi. Bu mijozlar uçun yoqimsiz holat. Mijoz 16 ta parametrni körsa, tuşunadigan odam bölsa, birinçi örinda turgan “tovar va xizmatlar uçun tölov” bandini körib xavotirga tuşişi ham mumkin.
Soliq organi mas’ulining bayonoti bu xavotirni yanada kuçaytirdi. Göyoki “sizga heç narsa bölmaydi, ammo tovar sotgan odamni jazolaymiz” degan signal berilgandek böldi.
Köp mamlakatlarda P2P ötkazmalarida “istak” funksiyasi mavjud. Kimgadir pul yuborganda “sizni hurmat qilaman” kabi xabar yozib yuborişingiz mumkin. Ammo bu majburiy emas – xohlasangiz yozasiz, xohlamasangiz yöq.
“Iqtisodiyotni oqartirmoqçi bölsak, P2P texnologiyasini kengaytirişimiz kerak”
Otabek Bakirov:
— Asosiy savol ham şu yerda paydo böladi: nima sababdan bu maqsadlar majburiy tarzda agregatsiyalab qöyilgan? 16 yoki 18 ta maqsaddan birini tanlamasangiz, tölovni amalga oşira olmaysiz.
Ikkinçi muhim masala şundaki, siz xato qilib yoki boşqa sabab bilan biror maqsadni tanlasangiz, aslida özingizga qarşi dalil yaratib berasiz. Bu ma’lumotlar qayerda saqlanadi, qanday qayta işlanadi – bilmaymiz. Uçinçi şaxsga berilmagan taqdirda ham, siz özingizga qarşi argument beryapsiz.
Uçinçi masala – köplab davlat organlarida P2P ötkazmalari asosida yaşirin iqtisodiyot yotadi degan tuşunça mavjud. Ularning nazarida bu ötkazmalarning katta qismi iqtisodiy operatsiyalar. Şu sababli urinişlar töxtamayapti.
Pul ötkazmalari 2025 yilda 19,7 mlrd dollarni taşkil etgan. Bu faqat jismoniy şaxsdan jismoniy şaxsga pul ötkazmalari emas, balki savdo va eksportçilarning tuşumlari ham. Bularni ham yaşirin iqtisodiyot deb hisoblaşimiz kerakmi?
Har qanday ötkazma turida ma’lum uluş noqonuniy bölişi mumkin. Ammo bu faqat P2Pʼga xos emas. Agar P2Pʼni butunlay nazoratga olsak, yaşirin iqtisodiyot yöq bölib ketmaydi – u şunçaki naqd pulga köçadi.
Muhokamalarda men doim bir savol beraman: P2P nazoratini qattiq istayotganlar evaziga nima oladi? Hozirça bunga aniq javob yöq.
Bizda P2P iqtisodiy ösişga qançalik ta’sir qilgani haqida jiddiy tadqiqotlar yöq. Agar P2P bölmaganida iqtisodiy ösişimiz qanday bölardi? Odamlar va biznesning mobilligi qanday bölardi? Tranzaksion xarajatlar qançalik yuqori bölardi?
Bugun Qöqonda işlab çiqarilgan tovar ertaga Sirdaryoda, indinga Termizda bölişini tasavvur qila olamiz. Bu tezlaşgan iqtisodiyotimizning omillaridan biri ham aynan P2P tizimi.
Agar biz iqtisodiyotni “oqartiriş” va naqd pulni kamaytiriş yölida harakat qilayotgan bölsak, P2P texnologiyasini kengaytirişimiz kerak edi. Hatto ötgan yil 28 noyabrdagi prezident qarorida ham 2026 yil 1 fevraldan Markaziy bank orqali ötadigan P2P ötkazmalar tizimini yaratiş vazifasi qöyilgan edi. Ammo P2Pʼni kengaytiriş örniga uni nazorat qiliş yölidan ketyapmiz.
“Qonuniy nazoratni iste’molçilarni xavotirga tuşirmasdan amalga oşiriş ham mumkin”
Ismoil Turopov:
— Markaziy bank xatida ham prezident qaroriga havola berilgan. Naqd pulsiz tölovlarga ötiş maqsadi aytilib, P2P ötkazmalarga yangi talab qöyilgan. Asosiy e’tiroz majburiylik bilan boğliq. Agar niyat töğri bölsa, nega majburiy? Fintex rivojlangan mamlakatlarda ilovalarning dizayni şunday qilinganki, bir odamdan ikkinçisiga pul yuboriş jarayoni qulay va hatto öyin elementlari bilan bezatilgan. Nazorat bölişi mumkin, lekin majburlov yoki qörqitiş şaklida emas.
Nazorat masalasiga kelsak, P2P iqtisodiy ösişda katta rol öynadi. Biznes va odamlar pul taşib yuriş ovoragarçiligidan qutuldi. Davlat organlarining buni yaşirin iqtisodiyot bilan boğlab, majburlov yöli bilan bartaraf etişga urinişini qöllab-quvvatlamayman.
Agar nazorat kerak bölsa, uni orqadan turib ham amalga oşiriş mumkin. Sun’iy intellekt katta ma’lumotlarni tahlil qilib bera oladi. Masalan, bir karta oy davomida köplab odamdan pul olayotgan bölsa, uni xavf guruhiga kiritiş mumkin.
“Yaşirin iqtisodiyotni qisqartiriş uçun qilinişi kerak bölgan boşqa işlar bor”
Otabek Bakirov:
— Agar Markaziy bankka P2P ötkazmalar mazmuni qiziq bölsa, buni sörovnomalar orqali ham aniqlaşi mumkin edi. Ikkinçidan, yirik ötkazmalarni şubhali deb baholaş normalari 2017 yildan beri işlayapti. Tijorat banklari bunday ötkazmalar böyiça içki nazorat tizimiga axborot beradi. Demak, bu mexanizm allaqaçon mavjud.
Yaşirin iqtisodiyotni qisqartiriş uçun hal qilinişi kerak bölgan masalalar juda köp. Masalan, töyxonalar yoki artistlarni soliqqa tortiş masalasi yillar davomida muhokama qilinadi, lekin amalda kun tartibiga qöyilmaydi.
“Nazorat kuçaysa, pul bank tizimidan çiqib, naqdga ötadi”
Ismoil Turopov:
— Markaziy bank keyinçalik bu talab tavsiyaviy ekanini aytdi. Bu qisman töğri, lekin yondaşuv boşidan notöğri böldi. Iste’molçi xohlasa maqsadini belgilasin, xohlamasa yöq – majburiy bölişi notöğri.
Tasavvur qiling, bu metod joriy qilindi. Odamlar bankomatdan pul yeçib olişni boşlaydi. Pul bank tizimidan çiqib, naqdga ötadi. Naqdga ötgaç esa uni nazorat qiliş yanada qiyinlaşadi.












