Jahon | 09:29 / 12.02.2020
3420
2 daqiqa o‘qiladi

Bosh vazir va hukumat a'zolari faoliyatiga natijadorlik mezonlari asosida baholash tizimi joriy etiladi

Tarmoq va hudud rahbarlari faoliyatini samarali tashkil etish uchun ilg‘or xorijiy tajriba asosida zamonaviy menejment tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda

Foto: KUN.UZ

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.

2020 yil 1 iyunga qadar normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:

Bosh vazir, hukumat a'zolari, ijro hokimiyati organlarining barcha darajadagi rahbar va xodimlari faoliyatiga natijadorlik mezonlari asosida baholash tizimini joriy etish;

har bir sohani o‘rta va uzoq istiqbolda rivojlantirish bo‘yicha aniq reja va dasturlarni ishlab chiqish;

vazirlik va idoralar ko‘rsatkichlari bilan birgalikda har bir viloyat va tumanning faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish;

Vazirlar Mahkamasining iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishning muhim masalalariga oid yig‘ilishlarida hokimlar va hududiy idoralar rahbarlari faoliyatiga baho berish tizimini yaratish;

ushbu tizimni xalqaro reyting va indeks ko‘rsatkichlari bilan uyg‘unlashtirish nazarda tutiladi.

Ijro uchun mas'ullar - Vazirlar Mahkamasi, Davlat boshqaruvi akademiyasi, Adliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid