O‘zbekiston | 16:45 / 12.02.2020
2746
2 daqiqa o‘qiladi

Geologiya sohasidagi 4ta ilmiy tadqiqot instituti birlashtirilib, yagona ta'lim va ilm-fan klasteri tashkil etiladi

Geologiya ilm-fani va ta'limini rivojlantirish rejalashtirilmoqda

Foto: Shutterstock

O‘zbekistonda geologiya sohasidagi 4ta ilmiy tadqiqot instituti birlashtirilib, yagona ta'lim va ilm-fan klasteri tashkil etiladi. Bu haqda Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida aytilgan.

Ta'kidlanishicha, 2020 yil 15 martgacha O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qarori loyihasi ishlab chiqiladi.

Loyihada:

geologiya sohasidagi 4ta ilmiy tadqiqot instituti moddiy-texnika bazasi va ilmiy kadrlar salohiyatini birlashtirib, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimida eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan yagona ta'lim va ilm-fan klasterini tashkil etish;

yangi tashkil etiladigan universitetning rahbarlik lavozimlaridan biriga yuqori malakali mutaxassisni taklif qilish;

Sankt-Peterburg tog‘-kon universiteti bilan hamkorlikda ta'lim dasturini yo‘lga qo‘yish nazarda tutiladi.

Mas'ullar - Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Innovatsiya vazirligi, Moliya vazirligi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid