O‘zbekiston | 13:55 / 12.02.2020
3878
2 daqiqa o‘qiladi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi tuzilmasining vakolat va faoliyat yo‘nalishlari qayta ko‘rib chiqiladi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan soha korxonalariga ko‘rsatma berish, resurslarni taqsimlash, reja belgilash kabi eski ish usullaridan mutlaqo voz kechish mo‘ljallanmoqda

Foto: KUN.UZ

O‘zbekistonda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tuzilmasining vakolat va faoliyat yo‘nalishlari qayta ko‘rib chiqiladi. Bu haqda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida aytilgan.

2020 yil 1 mayga qadar normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:

Qishloq xo‘jaligi vazirligi tuzilmasining vakolat va faoliyat yo‘nalishlarini xalqaro funksional baholash (Management Functional Assessment Model – MFAM) mezonlari asosida qayta ko‘rib chiqish;

vazirlikni servis tashkilotiga aylantirish, ya'ni unga yer holatini aniqlash, ekin turlari va urug‘ni to‘g‘ri tanlash, samarali sug‘orish, zararkunandalarga qarshi kurash, moliyaviy ko‘maklashish va mahsulotlar bozorini topishgacha bo‘lgan keng ko‘lamli xizmat ko‘rsatish vazifalarini yuklash;

davlat xizmatlarining rolini bosqichma-bosqich kamaytirish va xususiy sektorga berish;

vertikal va gorizontal boshqarish tizimini takomillashtirish nazarda tutiladi.

Ijro uchun mas'ullar - Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid