O‘zbekiston | 09:51 / 12.02.2020
3582
1 daqiqa o‘qiladi

Respublika darajasida qarorlar qabul qilishda mahalliy hokimliklar bilan kelishish zarur bo‘ladi

Respublika darajasida qarorlar qabul qilishda mahalliy hokimliklarning ishtirokini ta'minlash nazarda tutilgan

Illyustrativ foto

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.

2020 yil 1 aprelga qadar tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti hujjatlari hamda hukumat qarorlari loyihalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishish tartibini joriy qilish nazarda tutiladi.

Ijro uchun mas'ullar - Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid