Toşkent şahar hokimi Şavkat Umurzoqov tomonidan 15 mayda imzolangan farmoyiş bilan hokimlik hamda tizim taşkilotlari xodimlarining yangi odob-axloq qoidalari tasdiqlandi.
Xodimlar mehnat faoliyati davomida va işdan taşqari vaqtda xulq-atvorning quyidagi umumiy qoidalariga amal qilişi lozim:
· davlat xizmatining obrösiga putur yetkazişi mumkin bölgan xatti-harakatlardan tiyiliş, axloq normalariga doimiy rioya qiliş;
· mas’uliyat, kasbiga sadoqat va halollikni kundalik şiorga aylantiriş;
· murakkab vazifalarni bajarişda hamkasblariga kömaklaşiş;
· xuşmuomalalik, e’tiborlilik va huşyorlik bilan fuqarolarda davlatga nisbatan işonç va hurmat hissini uyğotiş;
· oilasida soğlom muhitni ta’minlab, oila a’zolariga doimiy ğamxör böliş, farzandlarida vatanparvarlik va boşqa yuksak axloqiy fazilatlarni şakllantiriş;
· fuqarolarning ijtimoiy kelib çiqişi, iqtisodiy ahvoli va boşqa omillardan qat’i nazar, ular bilan bir xil, samimiy, odob doirasida munosabatda böliş.
· ğayriqonuniy harakatlar, har qanday körinişdagi korrupsiyaviy qilmişlarni sodir etmaslik;
· jamoatçilikda öziga nisbatan salbiy fikr uyğotuvçi illatlarga berilmaslik;
· jamiyatda axloqning umume’tirof etilgan qoidalariga amal qiliş.
Farmoyişga köra, hokimlik xodimlariga maişatbozlik, içkilikbozlik, dabdababozlik va qimor öyinlariga yöl qöymaslik talabi qöyildi. Bundan taşqari, davlat xizmatiga oid masalalarni rasmiy e’lon qilinmagan holda muhokama qiliş, qimmatbaho sovğalar oliş, xizmat guvohnomasi yoki xizmat avtomobilidan şaxsiy maqsadlarda foydalaniş ham taqiqlanadi. Şuningdek, hokimlik xodimi tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarini taşkil etişi mumkin emas, taşqi körinişini belgilangan me’yorlar doirasida saqlaş, kamtarona kiyiniş, atrofdagilarning e’tiborini öziga ortiqça jalb qiladigan tarzda kiyinmasligi ham belgilanyapti.
Qayd etilişiça, xodimlar tomonidan Odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlik holati ularga nisbatan axloqiy va intizomiy ta’sir çoralarini qöllaş hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiş uçun asos böladi. Xodimlar tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilişi ustidan nazorat taşkiliy-kadrlar bölimi, Komplaens va korrupsiyaga qarşi içki nazorat xizmati yoki Odob-axloq komissiyasi tomonidan amalga oşiriladi.











