Iqtisodiyot | 10:19 / 12.02.2020
4582
1 daqiqa o‘qiladi

Soliq to‘lovchi tomonidan ortiqcha to‘langan soliq summasiga foizlar to‘lanadi

Soliq to‘lovchi tomonidan ortiqcha to‘langan soliq summasiga foizlar to‘lash tartibi joriy etiladi

Foto: Fotolia

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, 2020 yil 1 martga qadar tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. 

Loyihada soliq to‘lovchi tomonidan ortiqcha to‘langan soliq summasi belgilangan muddatda qaytarilmagan holda ushbu summa uchun soliq to‘lovchiga budjet hisobidan Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasiga teng miqdorda foizlar to‘lash tartibi nazarda tutiladi.

Ijro uchun mas'ullar - Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid