Ammo, hozir aynan bozorning qulay-noqulayligi haqida emas, bevosita unga aloqasi bölgan boşqa masala haqida gap bormoqda. Ya'ni, Toyloq dehqon bozorini boşqa hududga köçiriş, öşa joyda allaqaçon qurilişi boşlangan supermarket, sobiq va amaldagi hokim bilan boğliq muammolar xususida.

Oğzaki gapning kuçi

Prezidentning «2017-2019 yillarda dehqon bozorlarini rekonstruksiya qiliş va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari quriş dasturini tasdiqlaş töğrisida»gi 2017 yil 27 martda PQ-2853 qarori asosida Toyloq tumanidagi dehqon bozorni ham qayta quriş böyiça Davlat dasturiga kiritiladi. Tumanning sobiq hokimi B.Sa'dullayev 2018 yil 16 fevralda zamonaviy savdo majmuasi quriş uçun Milliy bank huzuridagi bozor quriliş direksiyasi «NBU BUNYODKOR INVEST» MÇJga tumandagi dehqon bozori hududidan 2,15 gektar yer maydoni ajratadi.

Uşbu vaziyatda e'tibor qiliş kerak bölgan qiziq jihat bor:

Tuman hokimi qarorida aynan bozor hududi körsatilmoqda. Bu tabiiyki, 200 ming aholisi bölgan tumanni noma'lum muddatga bozorsiz qoldiriş deganidir. Agar yangi bozor qurilişi şu hududda boşlansa, dökonlar buziladi, savdo töxtaydi. Bu yuzlab mulkdorlar bilan hisob-kitob qiliş kerakligini anglatadi.

Xöş, qulayroq çora bormi? Bor, masalan, bozor hududidan taxminan bir kilometr masofada – Urgut va Panjakentga olib boradigan çorraha atrofi. Tuman mas'ullari öşa joyda ikki qavatli supermarket, 3ta pavilon quriş, qisqasi, bozorni köçirişni niyat qilişadi. Şunda eski bozordagi tadbirkorlarga ham öşa joydan dökon berilişi mumkin.

Bugun adoği körinmay turgan muammoning ildizi aynan şunda. Ya'ni, qarorda boşqa, amalda boşqa hudud bozor uçun tanlangani.

Önlab rahbarlar şunçaki, muhr bosganmidi?

Şu örinda bir qiziq holat. Tuman hokimining qarorida körsatilmagan hududda bozor qurilişi boşlanadi. Buning uçun geologik toposyomka, APZ, suv, elektr energiyasi va gaz texnik şartlari, DAQNda röyxatdan ötiş, viloyat quriliş boş boşqarmasi huzuridagi arxitektura-şaharsozlik kengaşi, loyiha smeta hujjatlari, Quriliş vazirligi huzuridagi «Şaharsozlik hujjatlari ekspertizasi» DUK xulosasi, boringki hamma qoğozbozlik işlari qarorda körsatilgan joydan emas, bugun qurilişi töxtab qolgan supermarket hududiga moslab tayyorlanadi.