Toyloqda maktab direktori örinbosarining kaltaklanganligi holati yuzasidan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB xabar berdi.

Bundan oldin, Toyloq tumanidagi 59-umumta'lim maktabining öquv işlari böyiça direktor örinbosari 26 may kuni öquvçining qarindoşlari tomonidan kaltaklangani xabar qilingandi. 

2021 yil 26 may kuni direktor örinbosari A.S. 9-sinf öquvçisi A.Ş. imtihonga keçikib kelganligi sababli unga tanbeh berib, oğzaki urişganligi uçun öquvçi arazlab maktabdan çiqib ketib, şu kun amakisining öğillari M.Ş. va S.Ş.larni maktabga birga olib kelgan, ular direktor örinbosarini xizmat xonasida urişib, unga tan jarohati yetkazişgan.

Uşbu holat böyiça 31 may kuni Tayloq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan M.Ş. va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma'lumot uçun, aprel oyida Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumanidagi 134-maktabning ingliz tili fani öqituvçisi, may oyi boşida Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi 33-maktab direktor örinbosari kaltaklangandi.