U bunday taşxis qöyilgan eng kiçik bemordir. Kasallik mingdan ortiq odamning hayotiga zomin böldi, umuman, 60 mingdan köproq odamga koronavirus taşxisi qöyilgan. Biroq, kasallar orasida bolalar juda kamçilikni taşkil etmoqda. Ularni sanoqli deyiş mumkin.
Xastalanganlarning aksariyati Xitoyda istiqomat qilsa-da, yana 30dan ortiq mamlakatda koronavirus yuqtiriş holatlari qayd etilgan.
Natijalari Journal of the American Medical Association tibbiy jurnalida naşr etilgan sönggi tadqiqotlarning birida aytilişiça, kasallik asosan 40 yoşdan 59 yoşgaça bölgan odamlarga ta'sir qilgan.
«Bolalar orasida yuqtiriş holatlari juda kam uçramoqda», — deyiladi tadqiqotda.
Ammo buning sababi nima?

Kasallikning alomatsiz keçişimi?
Allaqaçon uşbu fenomenni izohlovçi köplab tuşuntirişlar yangrab ötdi, ammo nima uçun bolalarda kasallik taşxisi sezilarli darajada kam qöyilayotgani haqidagi savolga mutaxassislar hali aniq javob topa olişmayapti.
«Bizga hozirgaça noma'lum bölib qolayotgan sabablarga köra bolalar bu infeksiyani yuqtirib olişmaydi yoki kasallik yengil şaklda ötadi», — deydi Reding universiteti professori, virusolog olim Ien Jons.
Bu şuni anglatişi mumkinki, bolalar kasallikka yengilroq şaklda bardoş berişadi, ba'zida alomatlar deyarli sezilmaydi — bunday hollarda, ota-onalar, qoida tariqasida, bolalarini tekşiruvga olib borişmaydi.
London Universitet kolleji ma'ruzaçisi Natali Makdermott ham uşbu talqinga qöşiladi.
«Beş yoşgaça bölgan bolalar va ösmirlarning immunitet tizimi odatda viruslarga qarşi kuraşişga juda yaxşi tayyorlangan böladi. Ular yuqtirişi mumkin, ammo kasallik yengil şaklda davom etadi yoki umuman alomatlarsiz ötadi», — deydi u.
Xuddi şunday holat 2003 yilda SARS epidemiyasi tarqalişida ham kuzatilgandi. Öşa vaqtda virus 800 kişini hayotdan olib ketgandi — barça yuqtirib olganlarning 10 foizi. SARS ham bolalarni çetlab ötgan.






















