O‘zbekiston | 11:28 / 13.02.2020
5585
1 daqiqa o‘qiladi

O‘rmon xo‘jaligi hududlarida jip-turlar tashkil etiladi

O‘rmon xo‘jaligi hududlarida jip-turlarni tashkil etish uchun tegishli infratuzilma yaratiladi

Foto: georgia-tours.eu

Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida turizm xizmatlarini yanada diversifikatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi:

o‘rmon xo‘jaligi hududlarida jip-turlarni tashkil etish uchun tegishli infratuzilmani yaratish, shu jumladan, tadbirkorlik sub'yektlari murojaatlariga asosan jip-turlar marshruti bo‘yicha yo‘laklar tashkil etish, axborot-yo‘l ko‘rsatkichlarining o‘rnatilishi;

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birga o‘rmon xo‘jaliklari hudularida jip-turlar tashkil etishga soddalashtirgan tarzda ruxsat berish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlanishini ta'minlaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid