Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tourist Friendly tizimi bo‘yicha turizm sanoati obektlarini ixtiyoriy sertifikatlash tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda turizm xizmatlarini yanada diversifikatsiya qilish chora-tadbirlari qabul qilinadi
Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida turizm xizmatlarini yanada diversifikatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Belgilanishicha, 2020 yil 1 yanvardan:
mehmondo‘stlik darajasi va obektning sanitar normalar va qoidalariga, mahsulotning turi va sifati, xavfsizlik choralarini ta'minlash bo‘yicha boshqa talablarga muvofiqligi hamda xodimlarining malakasini tasdiqlovchi “Tourist Friendly” (“turistlarga do‘stona”) tizimi bo‘yicha turizm sanoati obektlarini ixtiyoriy sertifikatlash tizimi joriy etiladi;
“MICE-tadbirlar”ni o‘tkazish uchun tegishli infratuzilmaga ega bo‘lgan obektlarning egalari va balansda saqlovchilari ushbu obektlarni Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan shakllantirilgan obektlar ro‘yxatiga kiritgan holda qo‘shimcha kelishuv zaruratisiz tijorat asosida ijaraga berishlari mumkin;
Moddiy madaniy meros obektlari hududlarida joylashgan, diniy tadbirlar va marosimlar, namoz o‘qish va ibodat uchun mo‘ljallangan diniy binolarga tashrif buyurgan shaxslardan to‘lov undirish taqiqlanadi.
Belgilab qo‘yilishicha:
“Tourist Friendly” sertifikatiga ega bo‘lgan turizm sanoati obektlari Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqiladigan turizm yo‘nalishlari, “Uzbekistan.travel” turizm portaliga hamda tematik katalog va yo‘l boshlovchilariga ustuvor ravishda kiritiladi;
tadbirkorlik sub'yektlariga, shu jumladan, tarmoqli loyihalar asosida turistik axborot markazlarini qurish uchun 80 — 100 kvadrat metr o‘lchamda yer uchastkalarini elektron auksionga qo‘ymasdan olish uchun Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining iltimosnomasiga ko‘ra ustuvorlik huquqi taqdim etiladi.
Bunda, turistik axborot markazlari bepul xizmatlar bilan bir qatorda turistlarga xizmatlarni ko‘rsatishdan oldin ularning pullik yoki bepul ekanligi to‘g‘risida majburiy ma'lumot bergan holda bron qilish, tovar va xizmatlarni sotish, mobil aloqa, shuningdek, turistik yig‘im uchun to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha pullik xizmatlarni ko‘rsatishlari mumkin.
Mavzuga oid
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026
80 ming aholiga mo‘ljallangan dunyodagi birinchi suzuvchi shahar loyihasi qayta tiklandi
20:26 / 29.05.2026
Xitoyning Spring Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin
21:07 / 28.05.2026