O‘zbekiston | 12:37 / 15.02.2020
19087
3 daqiqa o‘qiladi

16 fevral kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?

«O‘zgidromet» respublikada 16 fevral, yakshanba kuni kutilayotgan ob-havo ma'lumotini taqdim etdi

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2 daraja, kunduzi 6-8 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq - 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent viloyati. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq - 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Jizzax, Sirdaryo, Samarqand viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq - 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, ba'zi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq - 3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti yog‘ingarchilik bo‘ladi, ba'zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq - 2 daraja iliq bo‘ladi.

Mavzuga oid