Kun.uz da e'lon qilingan maqolaga Davlat soliq qo‘mitasi munosabat bildirdi
Joriy yilning 15 fevral kuni Kun.uz saytida «Paxta ishi»: Bir viloyatning o‘zida xirmonning chorak qismi qo‘shib yozilgani ma'lum bo‘lib qoldi” sarlavhali maqola e'lon qilingandi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati ushbu maqola yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
“Kun.uz internet saytida 2020 yil 15 fevralda “«Paxta ishi»: Bir viloyatning o‘zida xirmonning chorak qismi qo‘shib yozilgani ma'lum bo‘lib qoldi” – maqolasi chop etildi.
Maqolada asos qilib olingan Davlat soliq qo‘mitasining 04.01.2020 yilda Davlat statistika qo‘mitasiga yo‘llangan deb keltirilgan 04/14-01-1-32/14-8-2020-sonli xat Davlat soliq qo‘mitasiga tegishli emasligini ma'lum qilamiz” deyiladi qo‘mita Axborot xizmatining rasmiy munosabatida.
PS: Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy munosabatidan so‘ng maqolaga tegishli tuzatishlar kiritildi.
Mavzuga oid
18:02 / 10.10.2024
Shahrisabzda aholini paxta terishga majburlagan mahalla raisi salkam 19 mln so‘m jarimaga tortildi
19:45 / 09.10.2024
O‘qituvchilarning paxta terimiga jalb etilishi noqonuniy - MMTV
15:43 / 28.09.2024
Birjada paxta narxi 11 ming so‘mgacha ko‘tarildi. Bu nimadan darak?
12:38 / 27.09.2024