Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
La Liga. «Barselona» «Xetafe»ni mag‘lub etib, ochkolar soni bo‘yicha «Real»ga yetib oldi
La Liga 24-turi doirasidagi markaziy uchrashuvda turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turgan «Barselona» 3-o‘rindagi «Xetafe»ni mag‘lub etdi.
Foto : LaLiGa / Twitter
Uchrashuvning 33-daqiqasida Messining zargarona to‘p oshirishidan keyin Grizmann hisobni ochgan bo‘lsa, 39-daqiqada Serji Roberto o‘zi boshlagan hujumni o‘z goli bilan yakunladi.
Ikkinchi bo‘limning 66-daqiqasida esa zaxiradan maydonga tushgan mehmonlar vakili Anxel Rodriges ajoyib zarbasi bilan hisobni qisqartirgan bo‘lsa-da, bu gol jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qololmadi – 2:1.
«Barselona» ushbu g‘alabadan keyin turnir jadvalida ochkolar sonini 52taga yetkazib, 1-o‘rindagi «Real»ga yetib oldi. Madrid jamoasi o‘z o‘yinini yakshanba kuni «Selta»ga qarshi o‘tkazadi.
La Liga. 24-tur. 15 fevral
Barselona – Xetafe 2:1
Gollar: 1:0 – 33 Grizmann, 2:0 – 39 Serji Roberto, 2:1 – 66 Anxel Rodriges.
Barselona – ter Stegen, Serdji Roberto, Umtiti, Pike, Alba (Firpo, 22), Buskets, Artur (Rakitich, 75), de Yong, Fati (Vidal, 85), Grizmann, Messi.
Xetafe – Soriya, Echeyta, Jyene, Nom, Kukurelya, Maksimovich, Arambarri, Etebo (Ndiayye, 67), Olivera (Kenedi, 52), Mata, Molina (Anxel Rodriges, 52).
Ogohlantirishlar: Umtiti (49), Mata (73), Fati (85).
Mavzuga oid
12:19 / 03.12.2025
«Siti» 4 ta gol o‘tkazdi, «Barsa»da kambek
11:54 / 30.11.2025
Fayzullayev gol urishni boshladi, Shomurodov davom ettirdi, «Barsa» «Real»ni quvib o‘tdi
13:13 / 26.11.2025
«Siti» yutqazdi, «Chelsi» «Barsa»ni ayamadi. YeChLda kun o‘yinlari
11:38 / 23.11.2025