«Front chizig‘idagi askarlar kabimiz». Xitoylik shifokorlar va hukumat koronavirus bilan qanday kurashmoqda?
Shifokor Yao koronavirus o‘chog‘i Uxandan 300 kilometr masofadagi Tszinchjou shahrida yashaydi.
Unga har kuni harorati ko‘tarilgan va infeksiyaning boshqa simptomlari aniqlangan o‘nlab bemorlarni yuborishadi. Yao koronavirus yuqtirgani gumonlanganlardan qon tahlili oladi va testlar o‘tkazadi.
Epidemiya boshlangan vaqtda klinikada zarur vositalar yetarli emasdi, ammo hozir vaziyat yaxshilangan. Xususiy kompaniyalar va davlat yordami bilan shifoxona zarur dori-darmonlar va qurilmalar bilan ta'minlangan. Ammo hamon shifokorlarga himoya niqoblari va kiyimlar yetishmovchiligi kuzatilmoqda, bu vositalarni tejashga to‘g‘ri kelmoqda.
«Klinika rahbariyati biz front chizig‘idagi askarlar qatori ekanimizni aytgan. Biz qurolsiz ham jang qilamiz», - deydi Yao Bi-bi-si muxbiriga.
Bu klinikada tibbiy xodimlar amalda tanaffussiz, ovqatlanish yoki hojatga chiqishga ham vaqti bo‘lmay ishlamoqda. Ko‘plab shifokorlar uyga borishga kuch qolmaganidan shu yerda uxlashmoqda.
Yao ish kuni yakunlangach, bir necha himoya kiyimlarini yechadi, kiyimlar terdan jiqqa ho‘l bo‘lgan. Ayol shifokorlarning yuzi doimiy ravishda himoya niqobi kiyib yurish oqibatida yara bo‘lib ketgan.
Klinikaning boshqa ko‘plab xodimlari kabi, Yao yangi yil ta'tillarini oilasi bilan o‘tkazishni istagan, ammo, birinchidan, ularni zararlantirishdan qo‘rqishgan, ikkinchidan, ular shifoxonada kerak.
Barcha koronavirusga qarshi kurashga
Epidemiyani yashirishga urinish va unga qarshi yetarli darajada reaksiya bildirilmayotgani uchun ijtimoiy tarmoqlarda qattiq tanqidga uchragan Xitoy hukumati millatni virusga qarshi kurashga safar qilishga qaror qildi.
Xitoy davlat kanallari xabarlariga ko‘ra, mamlakatdagi harbiy-tibbiy institutlarning xodimlari epidemiya tarqalishi boshlangan Xubey provinsiyasiga virusga qarshi kurash uchun jo‘natilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Xubeyga xodimlar bilan birga talabalar ham yo‘l olgan. Telegramdagi Koronavirus/2019-nCoV kanalida joylashtirilgan videoda talaba ekani taxmin qilinganlardan biri shunday deydi: «Ekspeditsiya ertaga boshlanadi, jihozlar tayyor, jami 160 kishi Xubeyga yordam uchun otlangan».
Economist jurnali yozishicha, ayrim qishloqlarda yana radiokarnaylar (dinamiklar) ishlatila boshlangan, o‘z vaqtida ulardan kolxozlardagilarni yanada ko‘proq ishlashga chorlangan siyosiy shiorlar translatsiyasi uchun foydalanilgan.
Hozirda radiokarnaylar orqali uzzukun koronavirusga qarshi kurash jarayoni bo‘yicha so‘nggi ma'lumotlar, kasallanganlar soni va epidemiya vaqtida qanday harakatlanish bo‘yicha ko‘rsatmalar e'lon qilib borilmoqda.
Xitoy Kommunistik partiyasi koronavirusga qarshi kurashni «Xalq urushi» deb atagan. Bunday urush esa madhiyalar va raqslarsiz o‘tarmidi?
«Oilaviy shifokor» gazetasining Weibo tarmog‘idagi rasmiy kanalida Uxanda olingan video joylashtirilgan, unda shifoxonadagi bemorlar va tibbiy xodimlar «Kommunistik partiyasiz yangi Xitoy bo‘lmasdi» nomli qo‘shiqni kuylashganini ko‘rish mumkin. Gazetaning yozishicha, shu tariqa ular bemorlardan birining tuzalishini nishonlashgan.
CCTV davlat kanali esa Xubey provinsiyasidagi boshqa bir vaqtincha shifoxonadagi bemorlar va tibbiy xodimlar ruhni ko‘tarish uchun raqs tushishayotgani tasvirlarini namoyish etgan.
Economist nashrida e'lon qilingan maqolada aytilishicha, Chande okrugi markazidan uzoq bo‘lmagan hududda joylashgan Fukinshan qishlog‘ida ko‘ngillilar otryadi Xubey viloyatidan kelayotganlarni ortga qaytarib yubormoqda.
Kommunistik partiyaning chekka qishloqlardagi faollari rahbariyatga ayrim qo‘shnilar taqiqlarga qaramay uydan chiqayotgani va yig‘ilishlar o‘tkazishayotgani haqida xabar bergan.
Xebey provinsiyasidagi Tanshan shahrida mahalliy hukumat aholiga itlarini aylantirib yurishni taqiqlagan.
Bi-bi-si muxbirlaridan birining ota-onasi Shandunda ularga ikki hafta davomida ko‘chaga chiqmaslik haqida ko‘rsatma berilgani haqida aytib berishgan. Qishloqlardan farqli ravishda shaharda partiyaning ko‘z-qulog‘i bo‘lgan faollar yordamiga ehtiyoj sezilmaydi, hukumat taqiqiga rioya qilinishi kuzatuv kameralari orqali nazorat qilinadi.
Koronavirus siyosiy inqirozga olib kelishi mumkinmi?
Ko‘plab xitoyshunos ekspertlar hozirgi inqirozli holat Kommunistik partiyaning mamlakatdagi hokimiyatini yanada mustahkamlashidan xavfsiramoqda. Boshqalarning fikricha esa, partiya qanchalik qudratli bo‘lmasin, bundan buyog‘iga «gaykalarni aylantirish» qiyinlashadi.
Ko‘plab ekspertlar bitta fikrda yakdil - hozirgi inqiroz XXR raisi Si Tszinpin hokimiyatini yanada mustahkamlaydi.
Axir partiyalar vakillari va davlat telekanallari joylardagi amaldorlar yangi virus haqidagi ma'lumotlarni yashirishga uringan va vaqtida kerakli choralar ko‘rmagan mahalliy amaldorlar aybdorligi haqida aytmoqda. Ular Si Tszinpin Xubeydagi amaldorlarni ishdan olib, vaziyatni to‘g‘riladi.
Xususan, Xitoy Kommunistik partiyasining provinsiyadagi kotibi Tszyan Chaolyan lavozimini yo‘qotdi - uning o‘rniga Sining safdoshi, Shanxayning sobiq meri In Yun tayinlandi.
Sinxua axborot agentligi xabariga ko‘ra, partiyaning Uxan shahridagi rahbari Ma Gotsyan ham ishdan bo‘shatilgan.
Si Tszinpinning o‘zi Uxanga bormadi va buning uchun ham uni ijtimoiy tarmoqda tanqid qilishdi. Lekin u Pekindagi shifoxonaga tashrif buyurib, sharoitlar bilan tanishdi va o‘z tana haroratini o‘lchatdi.
Yanvar oyi oxirida vaziyatni hal qilish uchun Xubey provinsiyasiga XXR Bosh kengashi bosh vaziri Li Ketsyan tashrif buyurgandi.
Hozirda davlat rahbari Xubeyga yana bir yaqin kishisini, partiyaning markaziy siyosat va qonunchilik masalalari bo‘yicha qo‘mitasi rahbarini yuborgan. U Xubeydagi epidemiya oqibatlariga qarshi kurash bo‘yicha milliy jamoa rahbari o‘rinbosari etib tayinlangan.
Milliy jamoa provinsiyada o‘n kun ichida ikkita gospital qurdi va bir necha stadionni tibbiy jihozlar bilan jihozladi. Hozirda mamlakatning turli hududlaridan Xubeyga dori-darmon, qurilmalar va oziq-ovqatlar jo‘natilmoqda.
Shuning uchun, ijtimoiy tarmoqda hukumat tanqid qilinayotganiga qaramay, Kommunistik partiya rahbariyatida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishini kutishga hojat yo‘q.
«Partiya rahbariyatidagilar orasida hozirda Si Tszinpinga chorlov qila oladigan jasuri yo‘q» - deb hisoblaydi Bi-bi-sining Hongkongdagi Xitoy xizmati muxbiri Fen Vang.
U Uxan aholisi vakillari orasida so‘rov o‘tkazgan, o‘z shaxsi anonim qolishini istagan uxanliklardan mamlakat rahbariyati faoliyatiga baho berish so‘ralgan.
«Menimcha, hukumat yetarli darajada yaxshi ishlamoqda, inqirozli holat tez orada hal qilinishi kerak. Bunday vaziyatlarda biz faqat hukumatimizga tayanishimiz mumkin», - deb hisoblaydi aholi vakillaridan biri.
Mavzuga oid
18:12 / 17.08.2024
Qozog‘iston Mpox virusini aniqlash uchun PZR testlarini sotib oldi
19:09 / 24.04.2024
Kongoda maymunchechak epidemiyasi boshlangani e’lon qilindi
21:48 / 12.12.2023
Dunyoda qizamiq eng ko‘p tarqalgan mamlakatlar e’lon qilindi
21:36 / 24.11.2023