O‘zbekiston | 22:11 / 16.02.2020
2985
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga Vengriya diplomatiyasi rahbari tashrif buyuradi

2020 yilning 18 fevral kuni Vengriya Tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Toshkent shahriga keladi.

Foto: Reuters

Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida ma'lum qilindi.

Tashrif dasturidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar, Energetika, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklarida va boshqa idoralarda ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan.

Vengriya delegatsiyasi Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 5-yig‘ilishi va O‘zbekiston-Vengriya biznes-forumida ham ishtirok etadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid