29 aprel–5 may kunlari Urganç şahrida Özbekiston Respublikasi va Turkmaniston örtasidagi Davlat çegarasi delimitatsiya va demarkatsiya masalalari böyiça Özbekiston-Turkmaniston hukumatlararo qöşma komissiyasi işçi guruhlarining navbatdagi uçraşuvi bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, muzokaralar çoğida davlatlararo çegarada amalga oşirilgan qöşma dala topografik-geodeziya işlari natijalari körib çiqildi, yer balansi dastlabki hisob-kitoblari sarhisob qilindi hamda davlat çegarasining ayrim uçastkalaridan demarkatsiya çiziğini ötkaziş loyihasi tayyorlandi.
Uçraşuvda demarkatsiya xaritalarini tayyorlaş uçun samolyotdan suratga oliş işlarini amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunlariga köra delegatsiya rahbarlari Tölqin Abdullayev va Mamed Mamedov tegişli protokolni imzoladilar.








