Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston-Turkmaniston davlat chegarasi demarkatsiyasi bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi
22-28-iyul kunlari Buxoro shahrida O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo qo‘shma komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda davlat chegarasining ayrim uchastkalarida demarkatsiya chizig‘ini o‘tkazish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi hamda keyingi uchrashuvlarda mazkur masala bo‘yicha qaror variantlarini taqdim etishga kelishildi, deyiladi xabarda.
Uchrashuv so‘ngida delegatsiyalar rahbarlari To‘lqin Abdullayev va Mamed Mamedov yakuniy bayonnomani imzoladilar.
Mavzuga oid
21:45 / 30.05.2026
Turkmanistonda may oyi uchun eng issiq rekord harorat yangilandi
18:14 / 28.05.2026
Qozog‘istonda O‘zbekiston bilan chegara to‘g‘risidagi bitim ratifikatsiya qilindi
22:20 / 09.05.2026
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida navbat yuzaga keldi
20:50 / 17.04.2026