Bizningça, bu juda köp. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma'lumotiga köra, 2018 yil YTHda halok bölganlar soni böyiça Özbekiston dunyoning 175ta davlati orasida 117-örinda qayd etilgan. Öşa yili Özbekistonda YTH natijasida halok bölganlar soni örtaça 100 ming kişiga 11,5 nafar odamdan töğri kelgan.
175 davlat orasida 117-örin bir qaraşda bizdan ham ahvoli yomonlar bor ekan-ku, degan yupatuvçi xulosa uyğotişi mumkin, lekin yöllarda bir kişining ölişi ham köp!
Xöş, avtohalokatlar nega bu qadar köp odamning umriga zomin bölmoqda? Quyida bu savolga javob izlaymiz.
Haydovçilar
Afsuski, bizda aksar haydovçilarning mahorati qoniqarli emas. Şunçaki maşina haydaşni biliş boşqa, uni mahorat bilan boşqariş boşqa. Şuningdek, yöl harakati qoidalarini ham köpçilik yaxşi bilmaydi. Bu holatning sabablarini avvalo haydovçilik guvohnomasini beriş tizimidan qidiriş kerak.
Yaşirib nima qilamiz, bizda haydovçilik guvohnomasini nomigagina imtihon olib, berib yuboraverişadi. Hatto imtihondan öta olmaganlar keyinçalik qandaydir yöl bilan «prava» olib ketişadi.
Bu masalada yirik şaharlardagi haydovçilarni tayyorlaş maktablarida ahvol birmunça yaxşi. Ular özi öqitayotgan fuqarolarning bilim va könikmalarini oşiriş uçun mehnat qilişadi, ammo çekka hududlarda joylaşgan avtomaktablar haqida bunday deb bölmaydi. Ularning aksari haydovçilik guvohnomasini olişga talabgor bölgan fuqaroni şartnoma asosida öqişga qabul qiladi, keyin u darsga kelyaptimi, yöqmi nazorat qilişmaydi. Kurs tugagaç «yölini qilib» guvohnomani olib berişadi. Şu bilan har ikki taraf xursand: biri haydovçilik guvohnomasini oladi, ikkinçisi bilimsiz «öquvçi»dan oson qutuladi.
Menimça, haydovçilik guvohnomasini beriş tizimini özgartiriş kerak. Guvohnomani olişni xohlaydiganlarga talablarni qiyinlaştiriş kerak.
Xorijda yurgan vatandoşlarimiz ijtimoiy tarmoqlarda Yevropada, AQŞ va Kanadada haydovçilik guvohnomasini oliş oson emasligi, bu uçun takror-takror imtihon topşirişlarini aytişadi.
Haydovçilarning mahorati kamligiga birgina misol: joriy yil yanvar oyida Qarşi-Samarqand yölining Nurobod tumanidan ötgan qismida yuz bergan YTH oqibatida bir neça ön avtomobil jiddiy zarar köradi. Yuzlab avtomobillar bir neça soat tirbandlikda qolib ketdi.













