O‘zbekiston | 13:49 / 17.02.2020
71761
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zgidromet» haftalik ob-havo haqida ma'lumot berdi

Foto: KUN.UZ

 Bugun respublikaning katta qismida ob-havo yog‘ingarchiliksiz, harorat 5-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Biroq, kechga borib Volgabo‘yi hududlaridan nam va sovuq havo oqimi kirishi munosabati bilan ob-havo sharoitlari o‘zgaradi. 

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, bulutlar ko‘payib, tunda mamlakatning shimoliy tumanlaridan tashqari qolgan hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) yog‘adi. Bunday sharoit ertaga kun bo‘yi davom etadi. Ertaga havo harorati kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Ish haftasining o‘rtasida sovuq havo oqimining ta'siri ayniqsa kechasi hali sezilib turadi, tungi harorat 1-3 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi quyosh payshanbaga kelib haroratni 10-15 darajagacha ilitadi.

Ish haftasining oxirida ob-havo yana o‘zgaradi. Juma kuni mamlakat hududining katta qismida yomg‘ir yog‘adi, shimoliy tumanlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari hamda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. 

Tungi harorat 0-5 daraja iliqqacha ko‘tariladi, kunduzi 10-15 daraja atrofida bo‘ladi, bunday harorat oyning shu davri uchun xos bo‘lgan o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan biroz yuqori.

Mavzuga oid