Davlat tilida markirovka qilinmaganda muvofiqlik sertifikati berilmaydi
2020 yil 1 avgustdan boshlab iste'mol tovarlarining ayrim turlari ishlab chiqaruvchi tomonidan davlat tilida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida markirovka qilinmagan taqdirda, mazkur tovarlarga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish taqiqlanadi
2013 yil 1 iyuldan boshlab ro‘yxat bo‘yicha olib kelinadigan import iste'mol tovarlari o‘zbek tilida markirovka qilinishi lozim. Tovarlar ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan markirovka qilinadi. Bunda, tovarlarning turiga qarab, markirovka qilish usullari va unda aks ettiriladigan ma'lumotlar tanlab olinadi.
Norma’ning yozishicha, 2018 yil 1 sentyabrdan tovarlarning bunday majburiy markirovkasiz «erkin muomalaga chiqarish (import)» rejimiga rasmiylashtirishga ruxsat berilgan. Biroq shu bilan birga, O‘zbekistonga olib kiriladigan bir qator tovarlar majburiy tartibda sertifikatlashtirilishi lozim. 2020 yil 1 avgustdan boshlab tovarlar majburiy sertifikatlanadigan bo‘lsa, ularda majburiy tartibda davlat tilidagi markirovkaning mavjud bo‘lishi mazkur tovarlarga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish sharti hisoblanadi.
Binobarin, bunday tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda markirovka talab etilmasa ham sertifikatlangan mahsulotlarning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjatsiz realizatsiya qilish savdo qoidalarini buzish hisoblanadi va bu holat turli oqibatlarga olib kelishi mumkin, bunda tovarlar sotuvga chiqarilmaydi (O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarining 189-bandi, MJTKning 164-moddasi, JKning 189-moddasi).
Ilgarigidek, iste'mol qadoqlari bo‘lmagan tovarlarga nisbatan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda davlat tilida markirovka qilish talab etilmaydi (13.05.2013 yildagi 127-son VMQning 4-bandi).
Mavzuga oid
18:32 / 06.08.2024
Qalbaki markirovkali tovarlar savdosi uchun jinoiy javobgarlik joriy etilishi mumkin
08:51 / 03.06.2024
Markirovkalash uchun zarur bo‘ladigan uskunalar bojxona bojidan ozod qilinadi
12:08 / 25.04.2024
TTA va Stomatologiya institutida xorijiy tillardan sertifikat olganlarga stipendiya berilmayotgani aytilyapti
07:31 / 25.04.2024