
Bolalar tergov xonasi Özbekiston Oliy sudi va YUNISEFning Özbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda taşkil etildi.
Bolalar odatda qat'iy rusumlar bilan salbiy notada ötadigan sud majlisi vaqtida, sud iştirokçilarining qarşisida emas, ularning yoşi va ruhiy xolati hisobga olingan holda jihozlangan xonada tergov qilinişi ularga özlarini erkin va xavfsiz sezişlariga imkon beradi.

Endilikda jabrlanuvçi yoki jinoyat guvohi bölgan bola sud muhokamasida faqat sudya bilan gaplaşib, sud iştirokçilari bilan muloqotda bölmaydi.
Bolalarga ruhiy şikast yetkazilişi ehtimolini kamaytiriş maqsadida xona video va audio kuzatuv tizimi bilan jihozlangan.
Oçiliş tadbirida qatnaşgan Oliy sud raisi Kozimjon Komilovning aytişiça, bunday xonalar respublikaning barça sudlarida taşkil etilişi reja qilingan.

Şuningdek, endilikda sudlarda psixologlar xizmatidan foydalaniş ham joriy etiladi.
YUNISEFning Özbekistondagi vakolatxonasi raxbari Saşa Graumann bolalar tergov xonasining ijobiy jihatlarini sanab ötdi.
«Bu xonaning taşkil etilişi bola huquqlari böyiça BMT qömitasining bolalarni himoya qiliş çoralarini köriş böyiça Özbekistonga yöllagan tavsiyalarini amalga oşirişda muhim qadam böldi.
Agar jinoyat qilgan bola sudga kelsa, unga savollar bilan murojaat qilinadi. U yana qaytadan şu jinoyatni boşidan ötkazgandek böladi. Buning oldini oliş uçun maxsus yöriqnoma işlab çiqilgan.
Yöriqnomaga asosan, sud jarayonlarida bola faqat sudya bilan muloqot qilişi kerak. Sudning boşqa iştirokçilari, ayblanuvçilar bilan muloqotga kirişmasligi kerak.

Bola bilan qayta-qayta suhbat qilişning oldini uçun söroq jarayoni videotasvirga olinadi va sud jarayonida dalil sifatida foydalaniladi.
Bu qoida Özbekistonning Jinoyat protsessual kodeksiga kiritilişiga umid qilib turibmiz.
















