Oliy sud xabariga ko‘ra, yarashgani munosabati bilan 19 201 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikdan ozod etildi. Ko‘rilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarning aksariyatini:

  • mayda bezorilik;
  • ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik;
  • avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanish; 
  • elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish;
  • haqorat qilish; 
  • transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi;
  • savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish; 
  • jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol qilish; 
  • transport vositalarini mastlik holatida boshqarish;
  • sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarliklar tashkil etadi.

Apellyatsiya tartibida 1924 nafar shaxsga nisbatan 1 632 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqildi. 637 nafar shaxsga nisbatan birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 577 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirildi.

Kassatsiya tartibida 2 540 nafar shaxsga nisbatan 2 380 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqildi. 1 021 nafar shaxsga nisbatan birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 625 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirildi.