AQŞ tarixida birinçi marta sun’iy intellekt (SI) ölgan şaxsga öz qotiliga hukm öqilişi çoğida sudda «sözlaş» imkonini berdi. Arizonada 2021 yilda yöl-transport hodisasi oqibatida yuzaga kelgan janjalda otib öldirilgan Kristofer Pelki oilasi uning nomidan videomurojaat yaratiş uçun sun’iy intellektdan foydalandi.

Taşabbus Kristoferning singlisi Steysi Uels tomonidan ilgari surildi, u eri va dugonasi (ikkalasi ham sun’iy intellekt böyiça mutaxassis) bilan birgalikda videoni tayyorladi.

Murojaatda Pelki ​​öz qotili Gabriel Xorkasitasni keçirganini ma’lum qildi.

«Meni otib öldirgan Gabriel Xorkasitas bu qilmişidan çuqur afsusda, balki boşqa hayotda biz döst bölişimiz mumkin edi. Men keçirimli bölişga va keçirimli Xudoga işonaman. Har doim işonganman va hozir ham işonaman», dedi Pelki sun’iy intellekt yordamida.

Ta’kidlanişiça, sudya Todd Lang videodan ta’sirlanib, Xorkasitasni qotillik uçun 10,5 yil qamoq jazosiga hukm qildi, bu esa prokuratura talab qilgan 9,5 yildan köproq edi.

Arizona Oliy sudi boş sudyasi Enn Skott Timmer SI «adliya tizimida katta samaradorlikni yaratiş va yuridik ma’lumotga ega bölmaganlarga öz işini yaxşiroq ifodalaşda» yordam beriş uçun salohiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

Biroq, SI notöğri işlatilsa, adolatga tösqinlik qilişi yoki hatto özgartirişi ham mumkinligini aytdi.

«Eng yaxşi yondaşuv - muvozanatli yondaşuv. Şu munosabat bilan sud sun’iy intellektdan foydalanişni örganiş va undan qanday yaxşi foydalaniş böyiça tavsiyalar beriş uçun sun’iy intellekt qömitasini tuzdi... Sun’iy intellektdan foydalanadiganlar, jumladan sudlar ham qarorlarning töğriligi uçun javobgardir», dedi u.