Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi ikki shaxs to‘rt nafar «o‘ljasi» bilan qo‘lga olindi
Namangan xalqaro aeroportida ikki shaxs 19-25 yosh oralig‘idagi turli viloyatlardan bo‘lgan 4 nafar ayol-qizlarni Moskvaga olib ketayotgan vaqtida ushlandi
Foto: Toshkent viloyati IIBB Matbuot xizmati
Toshkent viloyati IIBB Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish tezkor xodimlari tomonidan 2020 yilning 10 fevral kuni tezkor tadbirlar o‘tkazilgan.
Natijada, Moskvada yaxshi maosh to‘lanadigan ish topib berishni va'da qilib, hatto yo‘l xarajatlarini o‘z hisobidan qoplagan holda olib ketishni aytib, ularni fohishalik bilan shug‘ullantirishni maqsad qilgan, “Dilafruz” va “Umida” 19-25 yosh oralig‘idagi turli viloyatlardan bo‘lgan 4 nafar ayol-qizlarni, Namangan xalqaro aeroportidan “Namangan-Moskva” aviareysi orqali Moskva shahriga olib ketayotgan vaqtida ushlangan.
Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlariga Nurafshon shahrida o‘zini “Dilafruz” va “Umida” (shartli ismlar) deb tanishtiruvchi shaxslar, qizlarni yaxshi daromad orttirish bilan qiziqtirib aldov yo‘li bilan Rossiya Federatsiyasiga olib ketishni rejalashtirganligi ma'lum bo‘ladi.
O‘tkazilgan surishtiruv davomida o‘zini “Dilafruz” deb tanishtirgan shaxs – Namangan viloyati Kosonsoy tumanida yashovchi 1981 yilda R.M., sherigi “Umida” – Namangan viloyati Pop tumanida yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan U.N. ekanligi aniqlanadi.
Shuningdek, tadbir davomida U.N. o‘zi ishlab kelayotgan ayollar go‘zallik saloniga kelgan yosh va ko‘rinishi chiroyli qizlarni yaxshi daromad orttirish bilan qiziqtirib, R.M. bilan tanishtirib kelganligi va buning evaziga undan o‘z ulushini olib kelganligi, R.M. esa 2019 yildan buyon Moskva shahrida olib borilgan qizlarga, internet ijtimoiy tarmoqlari orqali jinsiy aloqa qilishlari uchun mijoz topish bilan shug‘ullanib, moddiy daromad orttirib kelayotganligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:34 / 08.04.2026
Toshkent viloyatida 400 gektar maydonda xalqaro innovatsion tibbiyot shaharchasi barpo etiladi
19:24 / 07.04.2026
Toshkent viloyatida bolani uxlamagani uchun haqoratlab, urgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi
18:54 / 06.04.2026
Chegaradan ko‘p miqdordagi giyohvand moddalar olib kirilishiga chek qo‘yildi
07:51 / 02.04.2026