Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda hojatxona qurish jarayonida fuqarolarni tuproq bosib qoldi, bir kishi halok bo‘ldi
Uch nafar aka-ukaning hojatxona uchun chuqur qazish jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya qilmasligi oqibatida ikki nafarini tuproq bosib qolgan
2020 yilning 17 fevral kuni soat 13:50larda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida joylashgan «Karvon» savdo majmuasi hududida 3 nafar aka-ukaning hojatxona uchun chuqur qazish jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya qilmasliklari oqibatida 2 nafarini tuproq bosib qolgan.
FVV xabariga ko‘ra, hodisa yuzasidan Qashqadaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasining qutqaruv guruhi qisqa vaqt ichida voqea joyiga yetib borib, 1987 y.t. fuqaro A.I.ni qutqarib olishdi.
Ma'lumotda aytilishicha, tuproq ostida qolgan boshqa bir fuqaro - 1984 y.t., A.I. hodisa yuz bergan joyda halok bo‘lgan.
Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026