Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent tumanida 222 million so‘mlik sifati kafolatmagan parfyumeriya mahsulotlari aniqlandi
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.
Tadbir davomida, fuqaro N.N. boshqaruvidagi «Damas» rusumli avtoulov shubha ostiga olinib, to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada, avtoulov yukxonasida fuqaro A.D. tomonidan olib ketilayotgan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan qiymati 176,4 million so‘mlik parfyumeriya mahsulotlari borligi aniqlandi.
Shundan so‘ng tadbir davom ettirilib, fuqaro M.D.ga tegishli bo‘lgan «Neksiya» rusumli avtoulov ham xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Tekshiruv davomida avtoulov yukxonasida umumiy qiymati salkam 46 million so‘mlik parfyumeriya mahsulotlari borligi ma'lum bo‘ldi.
Bu holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
21:11 / 30.05.2026
Farg‘onada 1 mlrd 247 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
08:34 / 22.05.2026