O‘zbekiston | 07:40 / 21.02.2020
7072
2 daqiqa o‘qiladi

Tadbirkorlik va raqobatga ta'sir ko‘rsatuvchi hujjatlar soni kamida 25 foizgacha qisqaradi

Tadbirkorlik faoliyati, investitsiya va raqobat muhitiga ta'sir ko‘rsatuvchi normativ-huquqiy hujjatlar va texnik tartibga solish hujjatlaridan iborat ma'muriy va tartibga solish yukini keskin kamaytirish va asossiz to‘siqlarni olib tashlash mo‘ljallanmoqda

Foto: Shutterstock

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, 2020 yil 1 sentyabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qarori loyihasi ishlab chiqiladi.

Loyihada:

tadbirkorlik faoliyati va raqobat muhitiga ta'sir ko‘rsatuvchi 6 mingdan ortiq qonun hujjatlarini va 40 mingdan ortiq texnik tartibga solish hujjatlarini yalpi xatlovdan o‘tkazish va ular sonini kamida 25 foizgacha qisqartirish;

sog‘lom raqobatni ta'minlash orqali narxlarni pasaytirishga va sifatni oshirishga asosiy e'tibor qaratish;

investitsiya va tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish nazarda tutilgan yangi normativ-huquqiy hujjatni kiritish bilan bir vaqtda, investorlar sarf-xarajatlarini 2 barobar oshiruvchi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni bekor qilish;

investitsiya va tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishda qonun hujjatlari ta'sirini baholashning to‘liq tizimini joriy etish nazarda tutiladi.

Ijro uchun mas'ullar - Adliya vazirligi, Biznes ombudsman, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Savdo-sanoat palatasi Hisob-kitoblarga asosan Iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga ajratilgan Jahon banki mablag‘lari.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid