Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xususiy klinikalarni jihozlash uchun 50 mln dollar ajratiladi
Prezidentning “Xususiy tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi
“Asaka” ATB orqali $28 mln miqdorida maqsadli imtiyozli mablag‘lar ajratilishi natijasida respublikaning barcha hududlarida xususiy klinikalarni zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash bo‘yicha 286 ta loyiha amalga oshirildi.
Norma’ning yozishicha, amaliyot o‘zini oqlagani bois, xususiy tibbiyot sohasidagi loyihalar qiymatining 60 foizigacha moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining bankka $50 mln miqdordagi kredit liniyasi ochiladi. Shartlari - 10 yilgacha muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan, yillik 5 foiz stavka bilan ("Asaka" ATB marjasini hisobga olmasdan).
Ushbu mablag‘lar yangi import tibbiyot uskunalarini (kosmetologiyaga oid bo‘lgani bundan mustasno) xarid qilish uchun ishlatiladi. Bunda pullik tibbiyot xizmatlariga bo‘lgan talab va xususiy klinikada xarid qilinayotgan uskunalarda xizmat ko‘rsata oladigan malakali xodimlarning mavjudligi hisobga olinadi.
Joriy yilning oktabr oyiga kelib xususiy tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash uchun $100 mln miqdorida uzoq muddatli kredit liniyalarini jalb qilish masalasi ishlab chiqilmoqda.
Hujjat 19.02.2020 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
20:28 / 03.06.2026
O‘zbekistonlik shifokor 5000 kilometr masofadan turib operatsiya o‘tkazdi
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026