Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomobillarning bojxona rasmiylashtiruviga qancha vaqt sarflanmoqda?
Davlat bojxona qo‘mitasi 2020 yil yanvar oyida chegara bojxona postlarida avtotransport vositalarining bojxona rasmiylashtiruviga qancha vaqt sarflanganini e'lon qildi
Foto: autostat.ru
Davlat bojxona qo‘mitasi chegara bojxona postlari orqali 2020 yil yanvar oyi davomida harakatlangan yengil va yuk avtotransport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi uchun sarflangan umumiy o‘rtacha vaqt to‘g‘risidagi ma'lumotlarni Davlat ochiq ma'lumotlar portalida e'lon qildi.
2020 yil yanvar oyi davomida respublikaning chegara bojxona postlari orqali jami 93 ming270 ta yengil va yuk avtotransport vositalari harakatlangan bo‘lib, ularning bojxona rasmiylashtiruvi uchun o‘rtacha 24 daqiqa 27 soniya sarflangan.
Jumladan:
yengil avtotransport vositalari 64 ming 962 tani tashkil qilib, ularning bojxona rasmiylashtiruvi uchun o‘rtacha 10 daqiqa 28 soniya sarflangan;
yuk avtotransport vositalari 28 ming 308 tani tashkil qilib, ularning bojxona rasmiylashtiruvi uchun o‘rtacha 38 daqiqa 26 soniya sarflangan.
Mavzuga oid
08:40 / 17.03.2026
Bojxona hujjatlarining yangi shakllari joriy etildi
09:46 / 03.03.2026
Bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali rasmiylashtirish tartibi yangilandi
21:01 / 28.02.2026
Tolibjon Saidov yangi lavozimidan ozod etildi
13:14 / 28.02.2026