Xitoyda koronavirus qurbonlari soni 2,3 ming kishidan oshdi
22 fevral holatiga ko‘ra, mamlakatda koronavirus qurbonlari soni 2345 kishini tashkil etdi. Bir sutka ichida 2393 kishi tuzaldi. Kasallanganlarning umumiy soni 75 891 kishiga yetdi

Foto: China Daily CDIC / Reuters
So‘nggi bir sutka ichida Xitoyda 109 kishi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tufayli kelib chiqqan kasallik oqibatida vafot etdi. Bu haqda Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi xabar bermoqda. Mamlakatda vafot etganlarning umumiy soni 2345 kishini tashkil qildi.
Idora ma'lumotlariga ko‘ra, 397ta yangi kasallanish holati aniqlandi, yana 2393 kishi kasalxonadan chiqarildi. Umuman olganda, mamlakatda kasallanish bo‘yicha 75 891ta tasdiqlangan holat qayd etildi.
Dastlab virus tufayli pnevmoniya avj olgan Xubey provinsiyasida 366ta yangi kasallanish qayd etilgan, ularning 314tasi - Uxanda. Bir sutka ichida provinsiyada 106 kishi vafot etgan.
Honkong, Makao va Tayvanda jami 104ta kasallanish holati aniqlandi.
SMPC ma'lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab kasallanganlar soni 76 806 kishiga yetdi. Ulardan 727tasi Yaponiyada, 208ta - Janubiy Koreyada, 86ta - Singapurda, 35ta - Tailandda, 22ta - Malayziyada aniqlangan.
Koronavirusning yangi turi birinchi marta Xitoyda 2019 yil dekabr oyida aniqlandi. XXR rasmiylari versiyasiga ko‘ra, virusning manbai Uxandagi bozor bo‘lib, u yerda dengiz mahsulotlari, parranda go‘shti, ilonlar va boshqa hayvonlar sotilgan. Keyinchalik olimlar ushbu virus odamdan odamga yuqishi mumkinligini aniqladi.
15 fevral kuni XXR Milliy sog‘liqni saqlash qo‘mitasi hayvonlarda koronavirusga qarshi vaksinalarni sinovdan o‘tkazish boshlagani haqida xabar berdi. Idora rahbarining o‘rinbosari Tszen Isin so‘zlariga ko‘ra, odamlarda ushbu preparatni sinovdan o‘tkazish aprel oyidan keyin boshlanadi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron va AQSh yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarni qayta boshladi
Jahon | 13:31
-
AQSh–Xitoy savdo urushi 90 kunga muzlatilmoqda
Jahon | 13:27
-
“Birinchi prezident sportchilaringni ko‘zdan yashir degan” – sharhlovchi Mirzahakim To‘xtamirzayev bilan intervyu
O‘zbekiston | 13:22
-
O‘zbekistonda tadqiqotlar uchun yalpi xarajatlar 4,5 trln so‘mni tashkil etdi
O‘zbekiston | 13:18
Mavzuga oid

13:27
AQSh–Xitoy savdo urushi 90 kunga muzlatilmoqda

12:50
Xitoy O‘zbekistonda transport vositalarini sinovdan o‘tkazish markazini tashkil etmoqchi

12:00
AQSh va Xitoy Jyenevadagi muzokaralar ijobiy yakun topganini e’lon qildi

21:52 / 11.05.2025