Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xonadondagi sandiq ichidan 13 500 dollarni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi
Samarqandda xonadondan 13 500 dollar pulni talon-toroj qilib, voqea joyidan yashiringan shaxs aniqlandi
Samarqand shahar Nurafshon mahallasida yashovchi, 1964 yilda tug‘ilgan R.S.ning yashash xonadoniga noma'lum shaxs derazasini buzish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirgan.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu shaxs uyda bo‘lgan sandiq ichidan jami 13.500 AQSh dollari miqdoridagi pullarini talon-toroj qilib, voqea joyidan yashiringan.
Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 1-son IIB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Samarqand viloyat Past Darg‘om tumani Shombuloq mahallasida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan X.Q. sodir qilganligi aniqlanib, undan 2.000 AQSh dollari daliliy ashyo sifatida olindi.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan X.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
15:50 / 11.06.2026
“Plomba” ipini lezviyeda kesdim” – Farg‘onada bank mansabdori bankomatlardan katta miqdorda pul o‘g‘irladi
17:46 / 10.06.2026