Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Hindiston IT sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi
Hindistonning yetakchi kompaniyalari O‘zbekistonda texnoparklar va kovorking-markazlar faoliyatini kengaytirish. kiberxavfsizlikni ta'minlash va tarmoqlar, dasturiy mahsulotlar bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishi mumkin
Joriy yilning 24 fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Hindistonning mamlakatdagi favqulodda va muxtor elchisi Santosh Ja bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv chog‘ida davlat boshqaruvi va iqtisodiyotning real sektorida innovatsiyalarni joriy qilishga ko‘maklashish, raqamli iqtisodiyot o‘sishini rag‘batlantirish, shu jumladan ishlab chiqarishda kompleks avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini joriy etish, elektron tijoratning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish borasida ikki tomonlama hamkorlik masalalariga e'tibor qaratildi.
Shuningdek, texnoparklar va kovorking-markazlar faoliyatini kengaytirish. kiberxavfsizlikni ta'minlash va tarmoqlar, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va resurslarini joriy qilishni ta'minlash bo‘yicha Hindistonning yetakchi kompaniyalari bilan O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq investitsiyaviy loyihalar muhokama qilindi.
Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha sa'y-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, AKT masalalarida tajriba almashish, hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.
Mavzuga oid
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026
Hindiston O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi
19:15 / 01.05.2026