O‘zbekiston | 16:10 / 27.02.2020
10540
5 daqiqa o‘qiladi

Kun.uz 6ta yo‘nalishda professional kadrlarni ishga taklif qiladi

Vakant lavozimlar – muharrir, videooperatorlar bo‘limi boshlig‘i, videokontent muharriri, muxbir, reklama menejyeri, huquqshunos.

Foto: Shutterstock

Kun.uz sayti tajribali, o‘z ishini yaxshi ko‘radigan va mas'uliyatli mutaxassislarni vakant o‘rinlarga ishga taklif etadi.

1. Muharrir

Vazifalari: muxbir va jurnalistlar tomonidan tayyorlangan xabar va maqolalarni tahrirlash, materiallarga professional jurnalistik baho berish, fakt-cheking, saytda e'lon qilish uchun yakuniy holatga keltirish.

Talablar:
– jurnalistika sohasida 10 yillik ish tajribasi;
– oliy ma'lumot;
– 30-45 yosh;
– Toshkent shahridagi ofisda muntazam ishlash imkoniga ega bo‘lish.

Lavozim uchun boshlang‘ich maosh miqdori 6 mln so‘m qilib belgilanadi va xodimning ishiga qarab oshirib boriladi.

2. Videooperatorlar bo‘limi boshlig‘i

Vazifalari: Saytning videooperatorlar bo‘limiga rahbarlik qilish, operatorlar ishini nazorat qilish, bo‘lim faoliyatini rivojlantirish, videomahsulotlar sifati va formati bo‘yicha takliflar berish.

Talablar:
– sohada 10 yillik ish tajribasi;
– oliy yoki o‘rta-maxsus ma'lumot;
– 30-40 yoshlar atrofida bo‘lishi;
– Toshkent shahridagi ofisda muntazam ishlash imkoniga ega bo‘lish.

Nomzodning televideniyeda ish tajribasiga egaligi qo‘llab-quvvatlanadi.

Lavozim uchun boshlang‘ich maosh miqdori 5 mln so‘m qilib belgilanadi va xodimning ishiga qarab oshirib boriladi.

3. Videokontent muharriri

Vazifalari: Tayyorlangan videomahsulotlar sifatiga baho berish, kontentni tahlil qilish va tekshirish, videomahsulotlarga qo‘yilgan talablarga rioya qilinishini nazorat qilish, videotahrir.

Talablar:
– jurnalistika sohasida 5 yillik ish tajribasi;
– oliy ma'lumot;
– 30-40 yoshlar atrofida bo‘lishi;
– Toshkent shahridagi ofisda muntazam ishlash imkoniga ega bo‘lish.

Nomzodning televideniyeda ish tajribasiga egaligi qo‘llab-quvvatlanadi.

Lavozim uchun boshlang‘ich maosh miqdori 5 mln so‘m qilib belgilanadi va xodimning ishiga qarab oshirib boriladi.

4. Saytning rus tilidagi talqini uchun muxbir

Vazifasi: Professional jurnalistik faoliyat – tadbirlar va matbuot anjumanlarida qatnashish, voqea joyidan reportajlar tayyorlash, muayyan mavzularni alohida o‘rgangan holda yoritish.

Talablar:
– jurnalistikada kamida 3 yillik ish tajribasi;
– oliy ma'lumot;
– 25-40 yoshlar atrofida bo‘lishi;
– Toshkentdagi ofisga kelib ishlay olishi lozim.

Lavozim uchun boshlang‘ich maosh miqdori 4 mln so‘m qilib belgilanadi va xodimning ishiga qarab oshirib boriladi.

5. Reklama menejyeri

Vazifalari: Saytga reklama e'lonlari joylashtirish istagini bildirgan reklama beruvchilar (mijozlar)ni topish, ular bilan muzokaralar olib borish, shartnoma imzolanishi va taraflarning shartnoma shartlarini bajarishlarini ta'minlash.

Talablar:
– shu sohada kamida 3 yillik ish tajribasi;
– oliy yoki o‘rta-maxsus ma'lumot;
– 25-40 yoshlar atrofida bo‘lishi lozim.

Lavozim uchun boshlang‘ich maosh miqdori 3-4 mln so‘m qilib belgilanadi va xodim tomonidan jalb etilgan reklama hajmidan kelib chiqib qo‘shimcha ustamalar belgilanadi.

6. Huquqshunos

Vazifalari: Saytda e'lon qilinadigan materiallarga huquqiy baho berish, sud-huquq sohasidagi yangiliklarni yoritish va tahlil qilib borish, fuqarolar murojaatlari asosida jurnalistik surishtiruvlar o‘tkazish.

Talablar:
– huquqshunoslik yo‘nalishida oliy ma'lumot;
– yuridik xizmat sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi;
– jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlay olish;
– O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlaridan xabardor bo‘lish va ularni amaliyotda qo‘llay olish;
– Toshkent shahridagi ofisda muntazam ishlash imkoniga ega bo‘lish.

Lavozim uchun boshlang‘ich maosh miqdori 5 mln so‘m qilib belgilanadi va xodimning ishiga qarab oshirib boriladi.

Kun.uz nimalarni taklif qiladi?

– Toshkent markazidagi zamonaviy ofisda ahil jamoa davrasida ishlash imkoniyati;
– rasmiy mehnat shartnomasi;
– ofisda bepul tushlik;
– o‘z ustida ishlash va rivojlanish uchun imkoniyatlar.

Talabgorlardan o‘z ishiga mas'uliyatli va turli vaziyatlarga moslashuvchan bo‘lish talab qilinadi.

Nomzodlardan o‘zi haqida kichik hajm va erkin tarzda bayon qilingan ma'lumotlar, yashash va ish joyi, telefon raqami, ish tajribasi, sohadagi faoliyatiga doir axborot (nashr etilgan maqolalaridan nusxalar va internetda e'lon qilingan ishlariga havolalar)ni Telegram'dagi @kunuzkadr manziliga yoki [email protected] elektron pochtasiga yuborish so‘raladi.

Kadrlar bo‘limi tanlab olingan nomzodlar bilan telefon orqali bog‘lanadi. Suhbat kuni va qisqa sinov muddati kelishilgan holda belgilanadi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid